Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Chorak va yarim final bosqichi qur’alari haqida batafsil ma’lumot

YECHL. Chorak va yarim final bosqichi qur’alari haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasida nimchorak final bosqichi o‘yinlari yakuniga yetib, chorak finalga chiqqan 8ta jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Ertaga, 19 mart kuni qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqaning chorak va yarim finaliga qur’a tashlanadi.

Qachon va qayerda?
Qur’a tashlash marosimi UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Ishtirokchi klublar

"Bavariya" (Germaniya)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya)
"Liverpul" (Angliya)
"Manchester Siti" (Angliya)
"Chelsi" (Angliya)
"Real" (Ispaniya)
"Pari Sen-Jermen" (Fransiya)
"Portu" (Portugaliya)

Qur’a mexanizmi
Qur’a "ko‘r-ko‘rona" tamoyili asosida o‘tkaziladi. Ya’ni har qanday klub har qanday jamoa bilan to‘qnash kelishi mumkin. Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi. Hech qanday cheklov yo‘q. Qur’ada nomi birinchi chiqqan jamoa 2-jamoa bilan juftlik hosil qiladi va dastlabki o‘yinni o‘z uyidagi o‘tkazadi.

Yarim final qur’sida esa 1dan 4gacha bo‘lgan raqamlar tortiladi va juftliklar aniq bo‘ldi. Shuningdek, finalda nominal mezbon nomini aniqlash uchun ham qur’a tashlanadi.

Musobaqa taqvimi
Chempionlar ligasining chorak final, yarim final va final o‘yinlari quyidagi sanalarga belgilangan:

Chorak final
Dastlabki o‘yinlar: 6/7 aprel
Javob o‘yinlari: 13/14 aprel

Yarim final
Dastlabki o‘yinlar: 27/28 aprel
Javob o‘yinlari: 4/5 may

Final
29 may (Otaturk nomidagi "Olimpiya" stadioni, Istanbul)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:55, 18.03.2021.
O'qildi: 13956 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.