Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

YEL. Chorak finalga kim munosib? "Milan"mi, yoki "Manchester Yunayted" (prevyu)

YEL. Chorak finalga kim munosib? "Milan"mi, yoki "Manchester Yunayted" (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugundan Yevropa Ligasi pley-off bosqichi, 1/8 final doirasidagi javob uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bugunning eng markaziy uchrashuvlaridan biri sifatida qaralayotgan "Milan" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz. Mazkur jamoalarning Manchesterda kechgan ilk o‘yinida tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan. Uchrashuvning 50 daqiqasida Amad Diallo hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda "Milan"ning daniyalik futbolchisi Simon Kyer gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qolgan. Hozir biz sizlaraga "Milan" va "Manchester Yunayted" jamoalarining Italiyada kechadigan javob uchrashuvi haqidagi yangiliklar, shuningdek ehtimoliy tarkib haqida biroz ma’lumot berishga harakat qilamiz.

"Milan"

"Old Trafford"dagi yomg‘irli oqshomda kechgan o‘yinda "Milan" mezbonlarga qaraganda ancha ishonchli o‘ynagandek ko‘rinardi. Hattoki italiyaliklar Din Xendersonning darvozasiga uch marta to‘p kiritishni ham uddaladi, ammo milanliklarning ikkita goli hakamlar tomonidan bekor qilindi. Italiyalk muxlislar uchinchi to‘p kiritilishini 92-daqiqaga qadar kutishga to‘g‘ri kelishdi. Himoyachi Simon Kyer burchak zarbasidan so‘ng kiritgan goli bilan, "Milan" uchrashuvda 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Bugungi uchrashuv esa har ikki jamoa uchun hayot-mamot jangi hisoblanadi. Hozirda "Milan" ham, "Manchester Yunayted" ham o‘z mamlakati ichki chempionatida ikkinchi o‘rinda ketayotgan jamoa hisoblanadi. "Milan" jamoasi, A seriyada 27 uchrashuvdan so‘ng, 56 ochko jamg‘arishga erishgan. Pioli shogirdlari bugungi uchrashuvga biroz tushkun kayfiyatda tashrif buyurmoqda, sababi ular o‘tgan turda o‘z uyida "Napoli" jamoasini qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kelayotgan bahs oldidan, milanliklarning bir nechta futbolchilari jarohatini tiklab, yana asosiy tarkibga qaytishdi. Xususan, Zlatan Ibragimovich yana asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda, ammo u  mashg‘ulotning bir qismini individual tarzda o‘tkazdi. Yaqinda Zlatan 2016 yildan beri, birinchi marta Shvesiya terma jamoasining o‘yinlariga chaqiruv olganidan, uning bugungi o‘yinga tayyorligini bildirishi mumkin. Qolaversa, bir oydan beri maydonga tushmagan Ismoil Bennasser ham asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Ammo jazoirlik yarim himoyachisi bugun maydoniga tushishi so‘roq ostida, sababi yangi yildan keyin bor yo‘gi, 3ta bahsda maydonga tushgan. Yana Ante Rebich, Teo Ernandes va Xoqon Chalxanoglu ham jarohatini tiklab, mazkur bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo, Italiya jamoasi tarkibi yo‘qotishlardan holi emas. Mario Manjukich, Rafael Reau, Daniel Maldini kabi o‘yinchilar bugungi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu futbolchilar orasida faqatgina Rafaelda jarohat yo‘q. Portugaliyalik futbolchi ketma-ket uchrashuvlarda 90 minutdan o‘ynagandan keyin, unda ozroq charchoq alomatlari sezilgan. Shuning uchun murabbiy "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda unga damm berishga qaror qilgan.

"Manchester Yunayted"

Angliyadagi mavsumlar Sulsher jamoasiga biroz zich taqvimni taqdim etmoqda. Chunki Manchester jamoasi Milan safaridan bir necha kun o‘tib, Angliya kubogi doirasidagi "Lester"ga qarshi chorak final bahsini o‘tkazadi. Premer liganing boshqa ko‘plab murabbiylaridan farqli o‘laroq, Sulsher Angliya kubogiga jiddiy yondashadi.
"Old Trafford"dagi birinchi uchrashuvning qahramonlaridan biri bo‘lgan Amad Diallo 18 yosh-u 243 kunligida UYEFA musobaqasida "Manchester Yunayted" tarkibida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan yosh ingliz futbolchilaridan biriga aylandi. Qizig‘i shundaki, "Manchester Yunayted" yanvar oyi boshida "Atalanta" yoshlar tarkibidagi futbolchi uchun 21 million yevro to‘laganidan so‘ng, Diallo hali hamon Premer-ligada o‘ynamagan, ammo uch marta Yevropa Ligasida zaxiradan maydonga tushgan edi. Mazkur futbolchi vanihoyat "Manchester Yunayed" libosi ostidagi ilk golini kiritdi. Bruno Fernandeshning jarima maydonchasi ichiga uzatgan ajoyib pasidan so‘ng, Amad boshi bilan Janluiji Donnarummaning ustidan to‘pni oshirib darvozaga kiritib qo‘ydi. Amadning "Manchester Yunayted" tarkibidagi Yevropa Ligasi musobaqasida o‘tkazadigan daqiqalari asta-sekin o‘sib bormoqda. Avvaliga 7 daqiqa, keyin 31 daqiqa va endi butun ikkinchi bo‘lim. Balki, buyog‘iga Markus Reshford bilan munosib tandem hosil qiluvchi futbolchi topilgandir?!
Hozirgi kunda "Manchester Yunayted" Angliya Premer ligasida 29 uchrashuvdan so‘ng, 57 ochko to‘plab, turnir jadvalida 2-o‘rinda ketmoqda. O‘tgan turda "qizil iblislar" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilib 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Manchester jamoasining tarkibida bugungi "Milan"ga qarshi uchrashuv oldidan bir necha yo‘qotishlar mavjud. Bular Fil Jones, Edison Kavani va Xuan Mata. Mazkur futbolchilarning har uchalasida ham jarohat bilan muammo bor.

 

Ehtimoliy tarkiblar:


"Milan" (4-2-3-1): Donnaruma, Ernandes, Tomori, Kyer, Dalot, Meyte, KessYE, Rebich, Chalxonoglu, Salemakers, Ibragimovich,

"Manchester Yunayted" (4-2-3-1): Xenderson, Van-Bissako, Lindelyof, Maguayr, Telles, Matich, Maktominey, Grinvud, Fernandesh, Traore, Reshford.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:21, 18.03.2021.
O'qildi: 5208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.