Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Boy klublar, biznesga aylangan futbol - avvalgi futbolning afzalliklari

Boy klublar, biznesga aylangan futbol - avvalgi futbolning afzalliklari

Baho:
+ | -

Yoshlikda futbolga qiziqqan ayrim tanishlarimiz ayni vaqtga kelib faqat qiziqarli uchrashuvlarni tomosha qiladi. Bazilari esa endiliuda umuman futbol ko‘rmaydi. Xo‘sh sabab nimada? Hozirgi futbolning avvalgisidan farqi nimada deb o‘ylaysiz? Demak, bu borada bir qancha farqlarni keltirib o‘tamiz.

Futbol biznesga aylandi

Ayni davrda futbol haqiqiy biznesga aylandi. Ko‘plab klublar boy xo‘jayinlariga ega va tarixi va yaxshi akademiyasi bo‘lmagan klublar grandlar qatorida bormoqda. Futbolchilarning narxi esa yil sayin hayratlanarli darajada ortib bormoqda. Bundan tashqari, iqtidorli futbolchilar darhol grand jamoalarga yo‘l olmoqda. O‘rta darajadagi klublar esa pulga muhtoj va "Monako", "Ayaks" va "Benfika" kabi klublar klub muvaffaqiyatlaridan ko‘ra, futbolchi yetishtirib chiqarishga ko‘proq e’tibor bermoqda.

Futbolda shaxsiyatlar g‘oyib bo‘lmoqda

Hozirgi kunda aksar futbolchilar inkubatorga o‘xshaydi. O‘ziga xoslik esa tobora yoqolib bormoqda. Ikkita super yulduz bor - Messi va Ronaldu. Ular har mavsum "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar. Avvallari esa ushbu sovrinni yutish uchun 20-30 ta teng kuchga ega "charm to‘p ustalari" kurashar edi. Oldin simulyatsiya kamroq edi, hammaga yoquvchi temir harakterli futbolchilar esa ko‘p edi. Roy Kin,Jennaro Gattuzo, Karles Puyol shular sirasidandir. Hozir bu hildagi futbolchilar kam.

Ilgari qiziqarli klublar ko‘p bo‘lgan

Pul ko‘p narsani hal qilmas edi. Ispaniyaning "Valensiya"si ikki marta YECHL finaliga chiqqan va kamtarona "Deportivo" va "Vilyarreal" kuchli o‘yin ko‘rsatar edi. Italiyada "Roma" va Lasio" top jamoalar sirasiga kirar edi. Germaniyada "Volfsburg", "Shtutgart" va "Verder" yaxshi darajadagi jamoalar edi. Ayni dam ko‘p ligalarda 1-2 ta klublar yaqqol favorit va endi chempionlik uchun kurash qizg‘in bo‘lmay qolgan.

Xilma-xillik yoqolmoqda

Ilgari har bir murabbiy, jamoa yoki chempionatning o‘ziga xosligi bor edi. Kapello va Trappaton kabi qariyalar o‘z uslublariga ega edi. Venger va Raykard kabi "romantik" murabbiylarning jamoalarida joziba sezilib turar edi va yana taktik jihatdan kuchli Mourinyo va Beniteslar ham o‘z qarashlariga ega edilar. Zidanning futbolchiga bosh bilan bergan zarbasi, 2002 yildagi Braziliya, Bekxemning bandasi va yana bir qator yodda qolarli holatlar bo‘lar edi.

Hozirgi futbol biroz zerikarli

Avvalgi futbol hozirgidek tez emas, lekin ayni damdagidek sodda emas. Hozirgi vaqtda tezkorlik katta ahamiyatga ega va ijodkor o‘yinchilar unchalik qadrlanmayapti.Qolaversa, natijaga endi juda katta e’tibor berilmoqda va murabbiylarga jamoa qurish uchun uncha ko‘p imkoniyat berilmayapti. Shuning uchun, "Atalanta" kabi klublarni hozir qadrlashadi.

Vaqt o‘tgani sayin o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy hol. Ammo hozirgi futboldagi ayrim qarashlar va epizodlar g‘ashga tegadigan darajada yoqimsiz. Lekin endi shu narsalar ham futbolning bir qismiga aylanib bo‘ldi.

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:44, 18.03.2021.
O'qildi: 6367 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.