Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Ilhom Mo‘minjonov: «Obradovich navbatdagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatadi»

Ilhom Mo‘minjonov: «Obradovich navbatdagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -

Bugungi uchrashuv yakunida "Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun PRO-Liganing ochilish o‘yinini o‘tkazdik. Yangi mavsumni "Neftchi" - "Olimpik" bahsi ochib berdi. O‘yin haqida aytadigan bo‘lsam, birinchi bo‘limning o‘zida to‘rtta gol ursak bo‘lardi. Yuqori pressing evaziga harakat qilgandik. Bizda raqib xatosidan so‘ng vaziyatlar bo‘lgandi, afsuski foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda bu kabi vaziyatlar bo‘lmadi, birinchi bo‘limning o‘zida yirik hisobni ta’minlasak bo‘lardi.

To‘purar hujumchimiz Doston Toshmatov biz bilan shartnoma tuzgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Hozirgi kunda uni 10 ta o‘yinga diskvalifikasiyasi bor. Yana 9 ta o‘yindan so‘ng uni maydonga tushirsak bo‘ladi. Hozircha mashg‘ulotlarga qo‘shilgani yo‘q, yaqinda uning to‘yi bo‘ldi.
 
Birinchi bo‘limda yuqori pressing uslubida o‘ynadik. Ruslan Roziyevni 60-minutlarda almashtirdik, lekin zaxira o‘zini oqlamadi. 3 ta futbolchini zaxiradan tushirdik, afsuski foyda bermadi. Zaxira uchun nol qo‘ygan bo‘lardim. Roziyev endi 18 yoshga to‘ldi, unda charchoq alomatlari sezildi.

Marko Obradovich oxirgi 3 ta o‘rtoqlik o‘yinlarida 4 ta gol urgandi. Bugun u ikkita qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Unda jarohat ham bor edi. Marko to‘purar hujumchi, balki keyingi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatadi.

Futbolchilarga ham, murabbiylarga ham motivasiya beradigan muxlislar hisoblanadi. Albatta diskvalifikasiya muddati yakuniga yetganidan so‘ng muxlislar stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonib qolamiz.

O‘ylashimcha taqvim biz uchun qulay tushdi.  Baribir barcha jamoa bilan o‘ynaymiz. Bugun "Olimpik" jamoasiga omad kulib boqdi. Raqiblarni  1 ochko bilan tabriklayman", — dedi Mo‘minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 22:45, 22.03.2021.
O'qildi: 2234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик