Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Oltin to‘p"ni yutish uchun asosiy 10 ta nomzod

"Oltin to‘p"ni yutish uchun asosiy 10 ta nomzod

Baho:
+ | -

2020-2021 yilgi mavsum ham asta-sekin o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bu mavsumda bir qator futbolchilar o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata oldi. Hali yakuniga yetmagan mavsumda "Oltin to‘p"ni yutish uchun 10 ta da’vogarni ayrim kriteriyalar bo‘yicha joylashtirib chiqamiz.

10. Bruno Fernandesh (MYU, Portugaliya)

YELda g‘olib chiqishni maqsad qilayotgan Bruno bu mavsumda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. Fernandesh "Manchester Yunayted" jamoasida haqiqiy yetakchi. U mavsum avvalidan beri "qizil iblislar" safida 16 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchi yozda Portugaliya terma jamoasi bilan "Evro-2020"ni yutishga urinib ko‘radi. Portugaliyada Joau Felish, Bruno Fernandesh, Diyego Jota, Bernardo Silva, Ronaldu kabi yulduzlar jamlanganligini inobatga olsak, bu terma jamoada ko‘hna qit’a bosh sovrinini yutish imkoniyati ancha yuqori.

9. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Portugaliya)

Yana bir portugaliyalik futbolchi Ronaldu har doim "Oltin to‘p"lar soni borasida Messidan o‘tib ketishni xohlaydi. Lekin bu mavsumda bu ish oson bo‘lmaydi. Krishtianu bu mavsum "Yuventus" bilan YECHLni erta tark etdi va "skudetto" uchun kurashda ham "keksa senyora" ancha orqada. Ronaldu bu mavsumda faqat shaxsiy statistikasi evaziga o‘ntalikdan joy oldi. 36 yoshli futbolchi bu mavsum "Oltin to‘p"ni yutish imkoniyatini oshirish uchun "Evro-2020"da chempion bo‘lishi va sermahsul o‘yin ko‘rsatishi lozim.

8. Karim Benzema ("Real Madrid", Fransiya)

Xabaringiz bor, Benzema Fransiya terma jamoasida harakat qilmaydi. Shu sababli, unda "Oltin to‘p"ni yutish uchun imkoniyat kam. Shunday bo‘lsada, fransuz bu mavsum yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, jarohatdan so‘ng "Real" forvardi ko‘plab gollar urmoqda. "Qirollik klubi"ning hali YECHLda qatnashayotganini inobatga olsak, Karimda hali yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun imkoniyatlar yetarli.

7. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya) 

Zamonaviy futbolning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri Kevin de Bryuyne bu mavsumda 5 ta gol urdi va 11 ta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Kevin ancha yillardan beri eng yaxshi futbolchilar qatorida bo‘lib kelmoqda. Bu mavsumda ham u "oltin to‘p"ni yutish uchun nomzodlar qatorida bor. Sababi, uning atrofida sovrin yutishga moyil bo‘lgan kuchli jamoa mavjud. Ammo, baribir uning jamoa g‘alabalariga hissasi "Oltin to‘p"ni yutishida muhim hisoblanadi.

6. Romelu Lukaku ("Inter", Belgiya)

"Inter"ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, Lukaku haqiqatdan o‘zining ajoyib o‘yinlarini ko‘rsatmoqda. Futbolchi muntazam gollar urmoqda va maksimal darajada sermahsullik ko‘rsatmoqda. "Neradzuri" deyarli A Seriyada chempion bo‘lib ulgurdi va ular sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, bunda uning hissasi katta.

5. Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti", Germaniya)

De Bryuyne yaxshi. Ammo bu mavsumda u eng yaxshisi bo‘lmasligi mumkin. Ilkay ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda va 2021 yil boshidan beri super natijalar qayd etmoqda va APLda bu mavsumda 12 ta gol urishga erishdi. Ehtimol, Gyundogan "Oltin to‘p" uchun kurashda kutilmagan "mehmon" bo‘lishi mumkin, ammo u "shaharliklar" va Germaniya terma jamoasi bilan yaxshi natijalarga erishiga ishonsa bo‘ladi.

4. Erling Xoland ("Borussiya Dortmund", Norvegiya)

Chempionlar Ligasida dortmundliklar "Manchester Siti" bilan o‘ynashini va "Evro-2020"da Xoland qatnashmasligini inobatga olsak, 19 yoshli futbolchining "Oltin to‘p"ni olish imkoniyati tobora pasayib bormoqda. Faqatgina uning super darajadagi sermahsulligi bu ro‘yxatga qo‘shilishiga sabab bo‘lmoqda. Lekin "Oltin to‘p"ni yutish uchun barcha sovrinlarni yutishga imkoniyati yetadigan jamoaga o‘tishi kerak.

3. Lionel Messi ("Barselona", Argentina)

Mavsumni omadsiz boshlaganiga qaramay, "Barselona" hozirda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. La Ligada klub "Atletiko"ga ancha yaqinlashib oldi. Messi ham ancha sermahsul o‘yin ko‘rsatmoqda. Hozirda uning hisobida 23 ta gol va 8 ta assist bor. Faqatgina "ko‘k-anorranglilar"ning YECHLdan chiqib ketishi "Oltin to‘p" yo‘lida asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

2. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya)

Mbappe "Barselona"ni Chempionlar Ligasidan chiqarib yubordi va futbolchi Liga 1 turnirida ham o‘z gollari bilan PSJni favoritlar qatorida ushlab turibdi. Shuningdek, Kilian Fransiya bilan "Evro-2020"ni yutishga urinib ko‘radi. Shunday ekan, Mbappe "Oltin to‘p" uchun kurashga 100% tayyor.

1. Robert Levandovski ("Bavariya", Polsha)

Aprel oyining o‘zidayoq "Oltin to‘p" borasida ko‘p narsa hal bo‘ladi. Sababi, Mbappe va Levandovski YECHL chorak finalida o‘zaro bahs olib boradi. O‘tgan mavsum eng yaxshisi bo‘lgan Leva tempni pasaytirmadi. U "Bavariya" tarkibida Bundesligada hozircha 35 ta gol urdi. Uni bu mavsumda hech qanaqasiga to‘xtatib bo‘lmayapti. Agar Robert YECHLda ham o‘zini ko‘rsata olsa, u bu sovrin uchun asosiy da’vogar. Shuningdek, "France Football" ham futbolchidan qarzdor. Shunday emasmi?

Kiritildi: 19:54, 23.03.2021.
O'qildi: 17872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.