Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Dinamo» jamoasi tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

«Dinamo» jamoasi tanishtiruv marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Superliga va Pro liga klublari qatorida Samarqandning «Dinamo» jamoasi ham yangi futbol mavsumi oldidan futbolchilar taqdimot marosimini o‘tkazdi.

2021 yilgi yangi futbol mavsumi boshlanishi oldidan o‘tkazilishi an’ana tusini olgan tanishtiruv marosimida «Dinamo» futbol jamoasining bu yilgi yangi tarkibi, murabbiylar shtabi ommaga tanishtirildi. Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida o‘tgan tadbirda viloyat hokimligi, klub homiylari, mutasaddi rahbarlar va yuz nafarga yaqin eng faol muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimini Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Botir Nurullayev ochib berib, aslida tadbirni viloyat hokimi ochib berishi rejalashtirgani, biroq Erkinjon Turdimov ma’lum sabablar tufayli marosimga kela olmaganini aytib o‘tdi.

«Barcha futbol muxlislari va «Dinamo» futbol klubini boshlanayotgan yangi futbol mavsum bilan chin qalbdan qutlab qolaman. Ushbu marosimga viloyatimiz hokimi Erkinjon Oqbo‘tayevich kela olmagan bo‘lsalar-da, u kishi viloyat futbol assosiasiyasi rahbari sifatida klub oldiga asosiy vazifa sifatida Superligani qo‘yganlar. Shu jihatdan ham jamoaga tajribali mutaxassis Hakim Qayumovich Fuzaylov taklif etilgan. Jamoa Samarqand va Toshkentda yig‘in o‘tkazib, mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. Endi samarqandlik muxlislarni xursand etib, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashish kerak», - deydi Samarqand viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nurullayev.

Shundan so‘ng birin-ketin qarsaklar ostida «Dinamo» jamoasining barcha futbolchilari tanishtirilib, ularga liboslari topshirildi.

Shundan keyin jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov va faxriy hamda jonkuyar muxlislar so‘zga chiqib, «Dinamo»ni Superligaga qaytish uchun yelkama-elka turib qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari haqida aytib o‘tishdi. O‘z o‘rnida jamoa sardori Obid Jo‘raboyev futbolchilar nomidan klub rahbarlari va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» jamoasi Pro liga 1-turi doirasida 24 mart, chorshanba kuni Samarqandda Sirdaryo viloyatining «Yangiyer» klubini qabul qiladi. Ko‘hna shaharda yangi futbol mavsumiga start beradigan ushbu o‘yin soat 18:00da boshlanadi. 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:42, 23.03.2021.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.