Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

"Tottenxem" va Mourinyo bir-biriga mos emas (mi?)

"Tottenxem" va Mourinyo bir-biriga mos emas (mi?)

Baho:
+ | -

Joze Mourino nafaqat Angliyada, balki boshqa ko‘plab mamlakatlar OAVsida ham tez-tez tilga olinadigan shaxs hisoblanadi. So‘nggi paytlardagi "Tottenxem"ning qoniqarsiz natijalari tufayli portugaliyalik mutaxasisning faoliyati yana ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Garchi, "shporlar" Angliya Liga kubogi finaliga yo‘l olishgan bo‘lsada, haligacha Premer-liga jadvalida keyingi mavsum Chempionlar Ligasi uchun yo‘llanma beradigan o‘rinlardan joy ololmagan. Qolaversa, londonliklar Angliya kubogidagi ishtirokini ham erta, ya’ni 1/8 finalda to‘xtatdilar. O‘tgan haftada esa, Xorvatiyaning "Dinamo" jamoasidan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Yevropa Ligasidan sharmandali tarzda chiqib ketdi.
Ushbu omadsizliklarga hamma, futbolchilar ham, klub ham va birinchi navbatda murabbiy aybdor. Mourinoning bosim ostida ekanligi mantiqan to‘g‘ri, chunki jamoaning natijasi uchun birinchi navbatda murabbiy javobgardir. Ammo vaziyatga nazar tashlasangiz, "Tottenxem"ning muammosi faqatgina Joze bilan emas. Buning uchun bir nechta omillar mavjud, shu sababli londonliklar ruliga boshqa nomdorroq murabbiy kelgan taqdirda ham, sovrinlarni qo‘lga kiritishi noma’lum. Quyida ularni batafsil ko‘rib chiqamiz.

"Tottenxem" prezidenti va murabbiyining qarashlari.

"Tottenxem" Maurisio Pochettinoni ishdan bo‘shatishi bilanoq, Mourinyo darhol uning o‘rniga asosiy davogarga aylandi. Buning uchun bir nechta sabablar bor edi. Premer-ligada katta tajribaga ega, qolaversa bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘lgan murabbiy, ajoyib motivator. Bunday mutaxassis har qanday jamoani muvaffaqiyatlarga yetaklashi tabiiy. Joze "Manchester Yunayted" va boshqa klublarda qanday ishlaganidan qat’i nazar, uning nomi sovrinlar bilan bog‘liq. "Shporlar" 10 yildan ortiq vaqt davomida hech narsa yutmagan edilar, shuning uchun portugaliyalik mutaxasisning tayinlanishi mantiqan to‘g‘ri edi. Ammo bu faqat bir tomondan.

Boshqa tomondan, "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi Mourinyoni tayinlashda aynan qanday maqsadlarni ko‘zlaganligi to‘liq aniq emas. Agar funksional sovrinlarni istasa, u murabbiyni sifatli transferlar bilan ta’minlashi kerak edi. Ammo "shporlar" prezidenti darhol mutaxassisga klub unga katta mablag‘ ajratib berolmasligini aytdi. Joze har doim sovrinlarni faqat qimmatbaho o‘yinchilar bilan yutmagan, ammo zamonaviy sharoitda eng yaxshi o‘yinchilarsiz buni amalga oshirish deyarli mumkin emas. Portugaliyalik mutaxasisi ixtiyoriga Serxio Regilon, Mett Doerte, Pyer-Emil Heybyerg, Garet Beyl va boshqa bir qator futbolchilarni berishdi, ammo ularni zamonaviy futbolning yulduz o‘yinchilari emas edi.
Agar Daniel Levi oxir-oqibat sovrinlarga da’vogarlik qiladigan mustahkam jamoani qurmoqchi bo‘lsa, demak, Pochettinoni ishdan bo‘shatishning hojati yo‘q edi. Bitta yoki ikkita kuchli futbolchini transfer qilish orqali ham bu muammoni hal qilsa bo‘lardi. Ammo, argentinalik mutaxasisining iste’foga chiqishidan bir necha oy oldin, "shporlar" bu yog‘iga, faqatgina sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanishi aytilgan edi. Joze esa o‘zi ishlagan klub bilan sovrinlar yutishga odatlanganligini hisobga olsak, "Tottenxem" boshqaruviga kelishi ayni muddao edi. 

Lekin hali ham Mourinyoning "Tottenxem"da qanday maqsadlarni ko‘zlayotgani aniq emas. Lekin, Joze londonliklarning hozirgi tarkibi bilan hatto Liga kubogini ham yutishi mumkin emasdek ko‘rinadi. Ha, uning Harri Keyn va Son Xin Min kabi yuqori darajadagi futbolchilari bor, ammo ularning o‘rnini bosadigan futbolchilar yo‘qligi muammoni yanada chigallashtiradi. Shuningdek, keksa yoshdagi darvozabon Ugo Lyorisga ham munosib o‘rinbosar yo‘qligini aytib o‘tish kerak. Jamoaga Heybyerg kelishi bilan "shporlar" maydon markazidagi o‘yinlari biroz yaxshilandi, ammo himoyada yorqin o‘yin ko‘rsatadigan futbolchi yo‘qligi sabab, jamoaning muammolarini yanada kattalashtiradi. "Tottenxem" himoyachilari juda ko‘p individual xatolarga yo‘l qo‘yishadi va bu jamoani muhim uchrashuvlarda gol o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ladi.
Prezident Daniel Levi birinchi navbatda ishbilarmon shaxs hisoblanadi. U Mourinyoning jamoa murabbiyligiga tayinlashi orqali, "Tottenxem" atrofida ommaviy axborot vositalarini ko‘paytirishni ham maqsad qilgan. Shuningdek, "shporlar" rahbariyatining asosiy vazifasi - moliyaviy barqarorlikni saqlash uchun har mavsum Chempionlar Ligasiga chiqish va Premer-ligada sovrinli o‘rinlarni egallash hisoblanadi. Joze esa nafaqat Chempionlar Ligasida ishtirok etishni, balki unda g‘olib chiqishni xohlaydi. Shu kabi holatlar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, jamoa murabbiyi va prezidentining bir-biriga o‘xshash tomonlari deyarli yo‘q.

Mourinyoning uslublari

Mourinyo jamoada qanday ishlaydi?! Bu alohida mavzusi. Qayerdadir Joze taktik jihatdan raqiblaridan ustun kelgan bo‘lsa, ba’zi hollarda jamoaviy o‘yin orqali g‘alaba qozonishgan. Bugungi kunga qadar ham portugaliyalik mutaxasis mana shunday asosiy tamoyillariga deyarli xiyonat qilmay kelmoqda. Mutaxass ko‘pincha matbuot anjumanlarida, yoki biror bir OAV vakillariga futbolchilarni kamsitgani uchun tanqid qilinadi. Ammo Mourinyo har doim shunday ishlagan. Murabbiyning tushunchasiga ko‘ra, o‘yinchi yaxshiroq ishlashi, mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda borini berishga harakat qilishi kerak. Mutaxasis oldingi jamoalarida, xuddi shunday ishlagan, lekin Londonda ushbu uslubni unchalik qo‘llamayotgandek tuyulmoqda.
Nazariy jihatdan Joze, hatto "Manchester Yunayted"da ishlagan paytida ham, murabbiy har doim ham futbolchidan yuqori darajada qadrlanmasligi kerak degan tushuncha bilan yashagan. Portugaliyalik Pol Pogbani jilovlash uchun, har qanday yo‘llar bilan harakat qildi, ammo bundan hech narsa chiqmadi. Natijada "mankunianliklar" murabbiy bilan xayrlashish orqali muammoni hal qilishdi va fransuz futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi. Shunga o‘xshash narsa hozirda "Tottenxem"da sodir bo‘lmoqda. Mourino Beylni va ba’zi bir himoyachilarni juda yomon tanqid qiladi. Masalan, Dele Alli singari yosh va umidli deb qaralgan futbolchini joriy mavsumda deyarli maydonga tushurmadi.

Britaniya OAVda vaqti-vaqti bilan "Tottenxem" futbolchilari Mourinyodan tom ma’noda xafa bo‘lganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Bu albatta, g‘alati holat, ammo portugaliyalik mutaxasisi bu odatini sira kamaytirmayapti. U futbolchilarni yanada ko‘proq tanqid qilishda davom etmoqda. Bu APLda "Arsenal"ga yutqazib qo‘yilgan derbidan keyin va Yevropa Ligasidan chiqib ketganidan keyin juda avj oldi. O‘shanda Joze matbuot anjumanida futbolchilarni maydonga, shunchaki maosh olish uchun tushushda aybladi. Bu kabi holatlar esa, albatta hamma futbolchining g‘ashini keltirishi tayin. 

Yangi mavsum boshlanishi bilan Mourinyo va jamoaning o‘yinlari bo‘yicha savollar tug‘iladi. "Tottenxem" ba’zan kuchli bo‘lmagan raqiblarga qarshi ham yopiq o‘yin ko‘rsatishi tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Yaqinda futbolchilar ham murabbiyning himoyaviy taktikasidan norozi ekani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Shu bilan birga, Joze har bir uchrashuvda yetarlicha hujumkor o‘yin ko‘rsatishni va’da bersada, lekin o‘yin davomida buning teskarisini ko‘rsatishadi. Bularning barchasi shunchaki g‘alati tuyuladi, ayniqsa portugaliyalik o‘z shtab-kvartirasiga bir nechta yosh yordamchilarni taklif qilganini hisobga olsak, ular Londonga himoyada ishlash uchun kelmaganliklari aniq. Ehtimol, ba’zi futbolchilar ustozining kursisini qimirlatib qo‘yish uchun ataylab yetarlicha harakat qilmayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Mourinyoning uslublari haqiqatdan ham eskirganmikan?! Zamonaviy futbolda yopiq o‘yin hozirda hech kimni o‘ziga jalb qilmaydi, garchi u qandaydir natija uchun qilinayotgan bo‘lsada. Jozening futbolchilar bilan qiladigan aloqa idealdan uzoq. Uning ayblovlari futbolchilarga motivasiya emas, balki bosim sifatida qabul qilinadi. Millionlab pul ishlab topadigan futbolchilar, murabbiyi tomonidan o‘tkaziladigan bosimni qabul qilishmaydi. Vaqt o‘zgaradi, ammo Jozening uslublari o‘zgarmagan. Ammo Mourinyoning charchagani va shunga o‘xshash narsalar haqida gapirish ham bema’nilikdir. Chunki ushbu mutaxassis to‘rt xil mamlakatda chempionlikni qo‘lga kiritgan, ikki marta Chempionlar Ligasida g‘oliblikka erishgan, shuningdek o‘zi ishlagan har bir jamoada qandaydir musobaqada sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Balki, yozda Angliya Liga kubogida ham "Manchester Siti" ustidan g‘alaba qozonib, bu an’anani davom ettirar kuzatamiz.
"Tottenxem" esa shunchaki Joze uchun to‘g‘ri jamoa emas. Maydonda bor kuchini berishga tayyor bo‘lgan bir nechta o‘yinchi bor. Mourinyo xohlagan jamoada esa barcha futbolchilar shunday bo‘lishi kerak. Aytib o‘tish kerakki, zamonaviy futbolda portugaliyalik mutaxasisning o‘yin uslubi mos keladigan jamoalar borgan sari kamayib ketmoqda. Shuning uchun, agar "Specialman" jamoada qolishni istasa, Joze hamma bilan kurashishi kerak: futbolchilar, rahbariyat, jurnalistlar, lekin avvalo o‘zi bilan.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:28, 24.03.2021.
O'qildi: 3386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.