Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Villa»ga sodiq sardor

«Villa»ga sodiq sardor

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda Angliyada iqtidorlar yetishmovchiligi kuzatilmayapti, ammo shu pallada ham Jek Grilish o‘zini namoyon eta oldi. U allaqachon vunderkindlik bosqichidan o‘tib ulgurgan, ayni payt o‘zini yetilib ulgurgan yulduz sifatida his qilishi mumkin. U - «Aston Villa» qahramoni, bo‘lajak Yevro-2020da «uch sherlar» umidi.

Bizning davrda, futbol tomoshabinlari barcha narsani ko‘rgan va tanqidga o‘ch bo‘lgan paytda, Grilish baribir ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Braziliyaliklarga xos texnikaga ega angliyalik yarim himoyachining o‘yiniga xushtorlar bisyor. Uning harakatlari kimgadir yoqmaydi, kim uchundir namuna. Har doim shunday bo‘lgan - ishonmasangiz, hayotida bunday iqtidorli yigitlarning ko‘pini ko‘rgan skaut Jim Tomasdan so‘rang. U Jekdagi iste’dodni 6 yoshligidayoq payqagan. Taassurot ham yorqin - mutaxassis o‘sha 2022 yilning yakshanbasida ro‘y bergan voqealarni ikir-chikirigacha yaxshi eslaydi.

«Uni payqamaslik mumkin emasdi, - degandi Tomas o‘tgan yili

Birmingham Mail gazetasiga bergan intervyusida. — Nigohlarim unga qaratilishi hamono, to‘pni egallab, jarima maydonchasi tomon yugurdi. Yo‘l-yo‘lakay butun jamoani aldab o‘tdi. Jussasi kichik edi, nimasidir Maradonani eslatardi».

Jim bir soniya ham yo‘qotmay, Jekning onasiga o‘zini tanishtirdi va uning o‘g‘lini «Aston Villa» akademiyasiga taklif qildi. Javob: albatta! Otasi Kevin singari, Jek ham «Villa»ning ashaddiy muxlisi edi - to‘q qizil va moviy ranglarga mehr unga ona sutidan o‘tgan. Ilk marotaba «sherlar» o‘yiniga 4 yasharligida borgan - o‘shanda birmingemliklar Angliya kubogi doirasida «Lids» ustidan 3:2 hisobida zafar quchishgandi. Jek 7 yoshga to‘lganda, mavsumiy abonement olishga erishdi.

Ulg‘aygani sari, Jek «Villa» safida 13 mavsum o‘ynab, APLning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan kumiri Gabbi Agbonlaxordan nimalarnidir o‘rganishga kirishdi. Bir paytlari Angliyaning bosh yulduz hujumchisi bo‘lishi kutilgan Agbonlaxor milliy terma tarkibida atigi 3ta o‘yin o‘tkazdi, biroq klubda uni afsona sifatida hurmat qilishardi. Bu 2015 yilda sodir bo‘lib, o‘shanda Jek 19 yoshda edi. O‘sha yilning yanvarida o‘tkazilgan «Blekpul»ga qarshi bahsda kumirining ko‘z o‘ngida ilk bor maydonga tushdi, Premyer-ligadagi debyutini aprelda nishonladi, Angliya kubogi bahslarida «Liverpul»ning finalga chiqolmasligiga hissa qo‘shdi.

Jek uchun Gabbi - namuna olish vositasi, kumiri esa qahramonimiz manziliga maqtovlar yo‘llaydi. Grilishni eng iste’dodli futbolchi sifatida bilishi, birga o‘ynaganidan faxrlanishini aytib, uni Andres Inyestaga o‘xshatadi.

O‘z klubiga shunday kuchli mehr qo‘ygan futbolchining muvaffaqiyatini kuzatish har doim ham uchrayvermaydi. Ammo bu tabiiy hol, zero Jekning otasi 40 yildan buyon «Aston Villa»ning har bitta o‘yinini stadiondan turib kuzatadi. U 1981 yili chempionlik qo‘lga kiritilganini ko‘rgan, kelgusi mavsum Yevropa zabt etilishiga guvoh bo‘lgan, 1996 yili futbolchilar boshlari uzra Liga kubogini ko‘tarishganidan quvongan. Katta bobosi Billi Gerreti «Villa» safida to‘p surib, uzoq 1905 yilda Angliya kubogi oltin medallariga ega chiqqan. Uning hisobida Angliya termasida bitta o‘yin bor, bu borada Jek oldinga chiqib ulgurdi.

Bunday futbol tarixiga ega oila vakilining futbolchi bo‘lmasligi qiyin edi. Ammo Grilish nafaqat to‘p tepishni yaxshi ko‘radigan oddiy bolakay, balki kam uchraydigan iqtidor sohibidir. To‘pdan ajralmaslik ishtiyoqi bilan boshlab, haqiqiy yulduz darajasiga erishdi. Umuman, tabiat in’om etgan iste’dodning o‘zi kamlik qiladi - mehnatning ham o‘rni beqiyos. U har kuni ishlashdan to‘xtamasdi. Salixalldagi uyning orqa hovlisi, shahar parki, o‘ng kelgan joyda shug‘ullanaverardi. Asosiysi, to‘p yonida bo‘lsa bas. Har kuni yangi fint, yangi vazifa yoki loyiha o‘ylab topilardi. Jek «Aston Villa»da haftasiga uch kun mashg‘ulot o‘tkazar, shunga qaramay, har safar 50 kilometr masofani bosib yetib kelishdan aslo zerikmasdi. Futboldan charchab bo‘lmasdi.

Klubning o‘ziga kelsak, u yerda ishlayotganlar ahmoq emasdilar: avval-boshdan barchasi ma’lum edi - Jek benazir. Shu bois, unga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishar, rivojlanish jarayonida shoshilmasdilar. Murabbiylar muvozanatni topishga intilardilar, chunki bir tomondan futbolchini o‘zini tutishga o‘rgatish, texnikasiga sayqal berish, boshqa tomondan, yaxshi odatlarga yo‘naltirish talab etilardi. Uni o‘zidan kattaroq yoshdagilar o‘yinlarida maydonga tushirishdi, aks holda, zerikib qolardi. Grilishga qo‘pollik ishlatmasliklarini ta’minlash maqsadida uni chap qanotga qo‘yishdi.

Reja ish berdi va 2012 yilning martida 16 yoshli Jek ilk bor APLning nima ekanligini tushundi - zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgancha klubdoshlari «Chelsi»ga imkoniyatni boy berishayotganini kuzatdi. Keyinga mavsum u Yevropada to‘p surib, UYEFA tashkil etgan NextGen Series turnirida qatnashdi. O‘shanda «Villa» umumiy jamoaga ega bo‘lsada, faqat Jek tarkibdan tushib qolmaslikni uddaladi, xolos.

Mavsum-2013|14da Grilishni uchinchi diviziondagi yoshi katta futbolchilar bilan birga o‘ynashga jo‘natishdi. «Notts Kaunti» o‘yinlari payti texnikasi yuqori bo‘lgan bolakayni istaganlaricha tepishdi, ammo qahramonimiz nolimadi, hatto qo‘shimcha o‘yin o‘tkazmoqchiligini aytdi. Agar uning 5 goli va 7ta samarali uzatmasi bo‘lmaganda, jamoasi ligani tark etishlari hech gap emasdi.

O‘sha mavsum tribunalardagi tomoshabinlar Jekning mohir futbolchiga aylanishini kuzatishdi. U kattalar futbolidagi dastlabki golini urdi, himoyachilarni bamaylixotir aldab o‘tishni o‘rgandi, istalgan masofadan zarbalar yo‘lashni o‘zlashtirdi. Muxlislar Grilishning otasi bilan gol nishonlaganini ham ko‘rishdi. O‘shanda hakam unga tartib buzgani uchun «sariq» ko‘rsatgandi, ammo bu kartochka Jekni aslo ranjitmadi: barmoqlarini yuqoriga qaratib, 2000 yilda vafot etgan akasi Kilanni xotirladi.

Uyiga qaytganida, asosiy tarkibdan chetda qolish xayolida ham yo‘q edi. Yaxshiyamki, yangi murabbiy Tim Shervud unga ishonch bildirdi va Grilish Angliya kubogida «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alaba sababchilaridan biriga aylandi. O‘sha uchrashuvda u hech bir sinov uni qo‘rqitmasligini yana bir karra isbotladi.

Asta-sekin mashhurlikka erishgan futbolchi OAV e’tiborini o‘ziga qaratishga jazm etdi: gazetalar sahifalari Angliya termasining yangi umidiga bag‘ishlangan sarlavhalar bilan to‘ldi. 2016 yilning kuzida «Villa» Grilishni Birmingemdagi mehmonxonada bayram kechasi uyushtirgani uchun jarimaga tortdi, dekabrda esa yo‘l harakati qoidalarini ikki marta buzgani uchun 9 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

Jekning Angliya termasida to‘p surish niyatini bildirgani irlandlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Qahramonimizning bobosi va buvisi Irlandiyadan bo‘lib, o‘smirlar toifasida aynan shu mamlakat jamoasi sharafini himoya qilgandi. Futbolchi o‘z qarorini Ang­liyada tug‘ilib, shu yerda ulg‘aygani bilan izohladi. Ammo muxlislar uni kechirishmadi.

Rasman angliyalik bo‘lish qarori chiqarilganidan 5 yil o‘tib, Grilish «uch sherlar» tarkibida debyut qildi. Bir oydan keyin Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zini ko‘rsatgach, sport jurnalistlari maqtovlarni ayashmadi. Ularning harakatlarini Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt ham qo‘llab-quvvatladi. Ushbu mutaxassis hozircha Jekni Yevro-2020ga olib ketish masalasida o‘ylanib turibdi, muxlislar esa shubhalarni eshitishni ham xohlashmayapti: ular uchun Grilish eng yaxshi hisoblanadi. To‘g‘ri, uni tez-tez yiqilishda ayblashadi, ammo o‘yin payti raqiblari Jekka nisbatan necha marta qoida buzishlarini ham ko‘ring! O‘tgan mavsum uning oyog‘iga 167 marta zarb berishdi - chempionat rekordi. Shunga o‘xshash ko‘rsatkichni Chempionshipda ham qayd etgandi.

Angliyada to‘p surish osonmas, Grilish ko‘p chig‘iriqlardan o‘tdi. Ammo uning aytishicha, ilk bor sardorlik bog‘ichini taqqan kun eng yaxshisi hisoblanadi. Ishqibozlarning ta’rifiga ko‘ra, aynan shu kundan e’tiboran «Aston Villa» quyi divizionga tushib ketishdan cho‘chimay qo‘ygan, Chempionship «pley-off»lari bir chetda qolib, kuboklar uchun kurasha boshlagan.

«Aston Villa» qiyin davrni boshdan kechirganda, aynan Grilishning qahramonligi uni asrab qoldi - aniqrog‘i, chempionatning so‘nggi kunida «Vest Xem» darvozasiga urilgan gol asqotdi. O‘shandayoq angliyalik futbolchi kuchliroq klubga ketadigandek tuyulgandi, biroq u jamoasi bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi. Endi uni xarid qilish yanada mushkul vazifaga aylanadi, zero narxi 100 mln. funtga yetgan. Umuman, narxi oshishidan tashqari, futbolchining o‘sishda davom etayotgani ham ahamiyatli. Aytishlaricha, u baribir ketadi, biroq qahramonimizning tarjimai holiga nazar tashlasak, buni amalga oshirishi oson kechmasligini tushunish qiyin emas.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 24.03.2021.
O'qildi: 2692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.