Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Ibrohim Tanko: “Mezbonlar jamoaviy o‘yin hisobiga g‘alaba qozonishdi”

Ibrohim Tanko: “Mezbonlar jamoaviy o‘yin hisobiga g‘alaba qozonishdi”

Baho:
+ | -

Namanganda 26 mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Gana (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Gana terma jamoasi ustozi Ibrohim Tanko va mazkur bahsdaa gol urgan hujumchi Issahaku Abdul Fatavu ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi. Ular avvalo o‘yin haqidagi fikrlarini bildirishdi.

— Bugun ikkala jamoa ham yaxshi o‘ynadi. Biz ikkita jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydik va raqib gollar urdi. Yigitlar hisobni tenglashtirishga o‘zlarida kuch topa olishdi. O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman, — dedi Ibrohim Tanko.

— Juda ham ajoyib uchrashuv bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi bizning xatolarimiz evaziga g‘alaba qozondi. Bu yerda o‘ynaganimizdan xursandmiz. O‘ylashimcha, bu ikkala jamoa uchun foydali bo‘ldi, — dedi Issahaku Abdul Fatavu.

— O‘zbekiston terma jamoasi  safida qaysi futbolchilarni alohida ajratib ko‘rsata olasiz?
— Men raqib safidagi qaysidir futbolchini ajratib ko‘rsatishni yoqtirmayman. To‘g‘ri, O‘zbekiston termasi tarkibida 3-4 nafar futbolchi ajralib turdi. Buni kecha ham aytgandim. Bugun mezbonlar jamoaviy o‘yin hisobiga g‘alaba qozonishdi, deb o‘ylayman.

— Uchrashuv to‘lig‘icha O‘zbekiston termasi tashabbusi ostida o‘tdi. Bunga tayyormidingiz?
— Bu tabiiy holat. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida, ko‘plab muxlislar qarshisida o‘ynadi. To‘p nazorati ham ular tomonida bo‘ldi. Lekin men shogirdlarim bilan faxrlanaman. To‘p o‘tkazib yuborib, hisobni tenglashtira olganimizdan xursandman.

— O‘zbekiston, Namangan shahri sizda qanday taassurot qoldirdi?
— O‘zbek xalqi mehmondo‘st sifatida yaxshi taassurot qoldirdi. O‘zim ham musulmonman, mehmondo‘stlik musulmon xalqlariga xos bo‘lgan xususiyat. Raqib maydonida o‘ynaganda, odatda muxlislar mehmon jamoa futbolchilariga qarshi muxlislik qilishadi. Bugun esa ishqibozlar ikkala jamoani ham  birdek qo‘llab — quvvatlashdi. Shu bois, uchrashuvdan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirdik.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:33, 27.03.2021.
O'qildi: 5731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик