Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Futbol olamidagi eng g‘alati jarimalar

Futbol olamidagi eng g‘alati jarimalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Spartak» (Moskva)da mashg‘ulotga kechikishning har daqiqasi uchun belgilangan jarima miqdori - 100 yevro. Shu mavzu yuzasidan «taftish» olib borgan soccer.ru sayti oddiy xulosaga keldi: «Mashg‘ulotga 1 daqiqa kech qolgan futbolchining 100 yevro yo‘qotishi - oddiy holat». Ko‘plab klublarda shunday tartib joriy etilgan, to‘g‘ri, jarima miqdori turlicha. Umuman, futbolchilar faqat kechikish emas, boshqa qiziqarliroq sabablar tufayli ham katta jarima to‘lashlari mumkin. Bunga misollar yetarli. Zero, qo‘l ostidagi jamoani to‘liq nazorat ostiga olishni xush ko‘radigan murabbiy ichki tartibni buzadiganlarga aslo toqat qilolmaydi.

Fergyuson va muz yo‘lda «poyga». 

Shotlandiyalik afsonaviy murabbiy har doim ham adolatli bo‘lmagan. U ba’zan mashg‘ulotlarga yomon kayfiyatda kelishi mumkin edi. Hozirgi ser Aleks - insultdan omon qolgan yoqimtoy bobo. Ammo vaqtida zolimlikni ham o‘rniga qo‘ygan. Masalan, «Aberdin»­da o‘ynagan bechora Jon Xyuitt shu murabbiy talabi tufayli 20 ming funt miqdorida jarima to‘lagan (o‘sha payt uchun ancha katta pul). Bunga futbolchining o‘z avtomobilida Fergyuson mashinasidan oldinga o‘tib ketgani (!) sabab bo‘lgan. Umuman, ser Aleks futbolchilarni tez-tez jarimaga tortishni yaxshi ko‘rardi.  Xullas, Xyuitt bir safar avtomobiliga jamoadoshlarini o‘tirg‘izib, mashg‘ulotga yo‘l oladi. Qish fasli, yo‘llar muzlagan. Qarasaki, ehtiyotkor Fergi o‘z mashinasida minimal tezlikda ketmoqda. «Bebosh» Jon shunda murabbiyni quvib o‘tishga jazm etadi va barchasini qoidalarga muvofiq amalga oshiradi. Faqat shunisi borki, nodon sheriklari derazadan kulimsiragancha Fergyusonga qo‘l siltaydilar. Tabiiyki, shotlandiyalik mutaxassis bunday «hurmatsizlik»ni javobsiz qoldirmaydi. U kiyinish xonasiga kirgani hamono Jonga qattiq tanbeh beradi, kamiga bo‘yniga kattagina jarima «ilib qo‘yadi». Endi diqqat qiling, Jon Xyuitt - 1983 yilgi Kubok egalari kubogi finalida «Aberdin»ga g‘alaba keltirgan golni urgan futbolchi!

Balotelli va tayoqcha irg‘itish. 

Bunday ro‘yxatni SuperMariosiz to‘ldirish mumkinmi?  Aslo. Axir italiyalik «bebosh» bisotida o‘nlab qiziqarli jarimalar tarixi bor. Ayrimlari tamoman kulgili, xuddi Mario haqidagi post kabi: «Ko‘rinishi meksikalikka o‘xshaydi, qora ranglilar kabi sakraydi va yahudiylardek tanga yig‘adi». Ba’zi jarimalar sababi esa o‘ta jiddiy. Agar Shvesiya yoki Germaniya haqida gap ketsa, italiyalik futbolchi sud oldiga chiqishi ham hech gap emasdi. Xullas, Mario bir safar mashg‘ulotga darts tayoqchasi bilan borib, «Manchester Siti» yoshlar jamoasi a’zolarini metall parchasi bilan «nishon»ga olishga botinadi. Bu «hunar» unga naq 100 ming funt sterlingga tushgan. Axir bunday jinnilikni faqat o‘ta aqlsiz kishi o‘ylab topishi mumkin. Umuman, italiyalik futbolchi barchasi (bir talay qizil va sariq kartochkalar, abadiy kechikishlar...) uchun birma-bir jarima to‘lagan. Mayk Richards uni ko‘p bora kechirgan bo‘lsa, keyingi sardor Vensan Kompani  bu borada qattiq turib, Mariodan pulni qurtday sanab olardi. Chunki «Siti»da kechikish uchun to‘lanadigan jarimalar yig‘indisi xayriya ishlariga yo‘naltirilardi. Raqamlarda aytsak, Balotelli mavsum davomida 150 ming funtgacha to‘lagan. Hattoki, bir safar kartochkalar tufayli naq 340 ming funt berishiga to‘g‘ri kelgan.

Niklas Bendtner va mashhur shorti. 

«Shahzoda» Bendtner Yevro-2012da «hunar» ko‘rsatdi. Daniya va Portugaliya termalari o‘rtasidagi o‘yin qiziqarli tus oldi - Pepe hisobni ochdi, Elder Poshtiga o‘z jamoasi ustunligini mustahkamladi, «Lord» shunda ham taslim bo‘lishni xayoliga keltirmadi, albatta. Xullas, Niklas avvaliga hisobdagi farqni qisqartirdi, 80-daqiqada esa 2-golni ham urdi. Garchi Varela yakunda Portugaliya termasi g‘alabasini ta’minlagan gol muallifiga aylangan bo‘lsa-da, o‘sha o‘yin portugallar uchun juda yomon o‘tgandi. Xususan, Krishtianu Ronaldu xatolarga yo‘l qo‘yib turgan pallada Niklas oz-moz pul ishlab olishni istadimi, har holda, golini nishonlashda bukmekerlik idorasi nomi yozilgan elastik ichki shortisini ko‘rsatdi. UYEFAda bu «manzara» alohida muhokama qilindi va yakunda daniyalik forvard 100 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi, shuningdek, 1ta o‘yindan chetlatildi. Sababi tushunarli - uchrashuvni millionlab muxlislar tomosha qilishgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, daniyalik futbolchi hammasini oldindan rejalashtirgan va jarimani ham bukmekerlik idorasi to‘lagan. Bu «hunar» uzoq vaqt odamlar tillarida aylanganini hisobga olsak, reklama muvaffaqiyatli chiqqan. Ko‘pchilikni ajablantirgan tomoni ham bor - UYEFA oddiy shorti tufayli shunchalik g‘azablanadiyu, yaqqol irqchilik uchun biror marta hech kimga 100 ming yevro miqdorida jarima solgan emas.

Brayan Klaf va tanaffusda jarima. 

Aytishlaricha, buyuk murabbiy aslida hazilga o‘ch bo‘lgan, ammo «Nottingem Forest» muhitida mutoyibaga aslo izn bermasdi. Uchrashuvlarning birida Kenni Berns jarima maydoni yaqinida o‘ta jo‘n uzatma beradi. Garchi bu xatosidan so‘ng raqib gol urolmagan bo‘lsada, Klaf maydon chetida uzoq vaqt sira tinchlanolmaydi. Keyin yordamchisini klub ofisiga yuboradi - 50 funt sterling miqdorida jarima yozilgan rasmiy blanka olib kelishi uchun. Brayan shu qadar g‘azablangan edi, tanaffus paytidayoq bechora Kenniga jarima qog‘ozini uzatadi. Klafning bu ishidan barcha futbolchilar kulishgani aniq, ular shuning barobarida 50 funt miqdoridagi jarima bahona o‘z darvozalari oldida «pas» berib o‘tirmay, to‘pni darhol tepib yuborish kerakligini tushungan bo‘lsalar kerak.

Kepa va finalda zaxiraga chiqishdan bosh tortish. 

Ispaniyalik kiper «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Liga kubogi finalida maydondan chiqib ketishni sira istamadi. Maurisio Sarri penaltilar seriyasida nisbatan yaxshiroq sanalgan Villi Kabalyero xizmatidan foydalanishni istagandi, ammo o‘jar Kepa maydondan chiqishni qat’iy ravishda rad etib, o‘yinda qoldi va yakunda «Chelsi» yutqazdi. U Sane zarbasini bartaraf etdi, ammo David Luiz darvoza ustunini nishonga oldi. Shu tariqa «aristokratlar» kubokdan umid uzishdi. Arrisabalaganing umumiy qoidalarga tupurganida ajablanadigan tomoni yo‘q. Deylik, u keyinchalik Frenk Lempard bilan ham aslo chiqisholmadi. Shunday bo‘lsada, bu futbol olamini hayratga solgan voqea. To‘g‘ri, ko‘plab qiziqqon futbolchilar murabbiyning almashtiruv haqidagi qaroriga e’tiroz bildirishlari mumkin, ammo o‘jarlik bilan maydondan chiqmaslik... Kepaning xatti-harakati maydon chetidagi o‘yinchilarni ham g‘azablantirdi, boz ustiga, u g‘alabani ta’minlay olmadi. Oxir-oqibat, klub murabbiy qaroriga bo‘ysinmaydigan kiperni 225 ming yevro miqdoridagi jarima bilan «siyladi». Oddiy aytganda, u bir haftalik maoshidan mahrum bo‘ldi. Darvoqe, Lempard davrida «Chelsi» mashg‘ulotiga kechikish qiymati 20 ming funt sterling edi.

Maks Kruze va taksida unutib qoldirilgan pul. 

Salomatlikka xavf tug‘diradigan «ermak»larga beriladigan futbolchilar ham tez-tez jarima to‘lashadi: Iker Kasilyas skuter mingani, Karim Benzema parashyutda sakragani va Asyer Ilyarramendi buqalar bilan an’anaviy yugurish musobaqasida qatnashgani uchun jazolanishgan. Bunda hammasi tushunarli - salomatlikka xavf solish yaramaydi. Ammo «Volfsburg» hujumchisi Maks Kruze juda g‘alati sabab bilan jarima to‘lagan - taksining orqa o‘rindig‘ida unutib qoldirilgan 75 ming yevro tufayli. Gap poker o‘yinida yutilgan pul haqida ketmoqda. Maks ushbu o‘yinni juda yaxshi ko‘radi va turli turnirlarda qatnashib turadi. Ammo 75 ming yevro uning uchun katta pul sanalmaydi, balki shuning uchun unutib qoldirgandir. Eng qizig‘i, keyinchalik Kruzening o‘zi polisiyaga murojaat qildi va bu voqea jamoatchilikka tarqaldi. Barchasida hisob-kitobni yoqtiradigan nemislar esa futbolchini pul qadriga yetmaslikda ayblashdi. Oqibatda klub salbiy «reklama» uchun Kruzega jarima soldi - 25 ming yevro.

Sevej va diareyaga munosabat.

«Yovvoyi» Robbi boshqacha tarbiya olishi ham mumkin edi, biroq otasi unga bolaligidayoq pivo ichirgan. Oqibati - futbolchi ichkilikka berildi. Ha, uelslik hozirda o‘zini eski davrdagiga nisbatan madaniyatliroq tutadi. Ammo vaqtida Robbining bir xatti-harakati 10 ming funtga baholangan. «Original» holat. Sevej 2002 yilning aprel oyida «Aston Villa»ga qarshi kechgan bahsdan oldin antibiotik ichgan (oyog‘ini davolatayotgandi) va maydonga tushish arafasida ich ketishidan aziyat chekkan. Kiyinish xonasidagi hojatxonalar bandligini ko‘rgan Robbi hakamlar xonasiga yuguradi. O‘sha o‘yinni Grem Poll boshqargan va hisobotida taqiqlangan xonaga futbolchi kirganini ko‘rsatgan. Ammo Robbining katta miqdorda jarimaga tortilishi sababi boshqa. U hojatxonaga borish va hakamlar ustidan qo‘pol tarzda kulishni uyg‘unlashtirgandi - eshikni ochiq qoldirib, ishini bitirgan. Kamiga xoxolab kulgan, o‘tirgan joyini tozalamagan va hakamga stulini bir tekshirib ko‘rishini aytgan...

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:21, 30.03.2021.
O'qildi: 4829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.