Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Pro liga. “Buxoro” — “Olimpik” o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

Pro liga. “Buxoro” — “Olimpik” o‘yini Toshkentga ko‘chirildi

Baho:
+ | -

“Buxoro” futbol klubi shu yilning 25 yanvar kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasiga xat bilan murojaat qilgan bo‘lib, unda “Buxoro” sport majmuasi joriy yilning 1 aprel kuniga qadar futbol uchrashuvlari uchun tayyor bo‘lishi bayon qilingan. 

Shunga qaramay, “Buxoro” futbol klubi belgilangan muddatga qadar stadion masalasini hal qila olmadi. Buning oqibatida “Buxoro” futbol klubi “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 4.2. hamda 4.3. bandlarini o‘z vaqtida bajarmadi. 

Shundan kelib chiqib, Pro liga 3-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Olimpik” uchrashuvi avvaldan belgilangani kabi Buxoro shahrida emas, Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkaziladi. Jamoalarning II davradagi o‘yiniga Buxoro mezbonlik qiladi. 

“Buxoro” futbol klubi “Olimpik” bilan uchrashuv o‘tadigan 6 aprel sanasiga qadar Reglamentning yuqorida ko‘rsatilgan bandlari bo‘yicha talabni bajarmasa, klubning Pro liga 5-turidan o‘rin olgan “Istiqlol” klubiga qarshi uy uchrashuvi ham Farg‘ona shahriga ko‘chiriladi. Klub bunday holatda II davra o‘yini uchun ham Farg‘onaga safar etishi bo‘yicha ogohlantirildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:43, 31.03.2021.
O'qildi: 1856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик