Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zlatan atalmish soha

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zlatan atalmish soha

Baho:
+ | -

Zlatan Ibrahimovich Shvetsiya terma jamoasiga besh yil deganda qaytdi. Yodingizda bor, yig‘lab yuborgani haqidagi video barcha tarmoqlarni aylandi. Uy sog‘inchi aralashib ketgan shekilli.

Shvetsiyalik yulduz “Milan”ga to‘qqiz yil deganda qaytgan, jamoasi uchun supernatijalar tuhfa etishni boshlagandayoq termaga qaytib qolsa kerak, deyilgandi. Qaytdi. Qaytdi va Shvesiyaning o‘yiniga mazmun kirdi.

Terma jamoa guruhida peshqadam. U kelgach uchta o‘yinda uchta g‘alaba. Zlatan ikki golga pas berdi. O‘z uslubida ikkisi ham. O‘yindan so‘ng intervyusida o‘z uslubida gapirdi: “Men hordiq olish uchun kelganman termaga”.

Men mana shu ikki jamoaga qaytishida o‘xshashlik sezgandekman. Shvetsiya terma jamoasi tarkibida yulduzlar deyarli yo‘q. Bir ikki futbolchi bor, Zlatan taniydigan. Qolganlari o‘ta past daraja. Ta’bir joiz bo‘lsa ham aytamiz, Ibra qaytgandagi "Milan"ga o‘xshash. Juda o‘xshash. Hozirda" rosseneri" chempionlik uchun kurashyapti va ko‘pgina yigitlari nom chiqarib qo‘ydi. Zlatanning sharofati bilan, albatta.

O‘ylashimcha, Shvetsiyaga ham o‘sha eksperementni ishlatishyapti. O‘xshab ketsa dahshat bo‘ladiya: Shvetsiya milliy jamoasi Yevropa chempionligiga da’vogarlik qilib qolsa...

Zlatan yana xotirjam aytsa kerak: "Nima qilay futbol Benjamin Battoni bo‘lsam..."

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 07:15, 02.04.2021.
O'qildi: 3133 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.