Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zPFL Superliga uchrashuvlari tahlili bo‘yicha manfaatli yangi loyihani ishga tushirdi

O‘zPFL Superliga uchrashuvlari tahlili bo‘yicha manfaatli yangi loyihani ishga tushirdi

Baho:
+ | -

2020 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga uchrashuvlari hamda futbolchilarining o‘yinlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan statistik ma’lumotlarni olish uchun sport analitikasi bilan shug‘ullanuvchi InStat kompaniyasi bilan hamkorlik qilgandi. Ushbu hamkorlik doirasida Coca-Cola Superliga klublari o‘z o‘yinlari hamda futbolchilarining chuqurlashtirilgan statistik malumotlarni O‘zPFL tomonidan bepul olish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.

Bu yildan boshlab O‘zPFL statistik ma’lumotlar va o‘yinlar tahlili bilan shug‘ullanuvchi mahalliy mutaxassislar bilan hamkorlik boshladi. Endilikda Coca-Cola Superliga o‘yinlarining batafsil tahlili, futbolchilarning maydondagi harakatlari, ularning jismoniy faolligi, foydalilik ko‘rsatkichlari, raqib bilan yakkakurashlardagi ustunligi borasida analitik materiallar o‘zimizning mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Shuningdek, har bir uchrashuvdan videotahlil amalga oshiriladi. 

O‘tgan yilda bo‘lgani kabi Superliga klublari o‘z o‘yinlari hamda futbolchilarining chuqurlashtirilgan statistik malumotlarini bepul qabul qilib oladi. Bundagi barcha harajatlar O‘zPFL tomonidan qoplanadi. Endilikda Rossiya yoki boshqa xorijiy kompaniyalar bilan qimmat shartnomalar imzolash hojati bo‘lmaydi. 

O‘zPFL mazkur ishni fevral oyida boshlagan bo‘lib, mart oyi davomida uni sinovdan o‘tkazdi. Rejaga ko‘ra, bu borada 2020 yilgi harajatlar 2021 yildan boshlab 40 foizgacha qisqaradi. Shuningdek, o‘zimizning mutaxassislar uchun qo‘shimcha xizmat ta’riflari yaratiladi. Yaqin kelajakda aynan shu sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar ko‘lamining kengayishi uchun zamin yaratiladi.

Ma’lumot uchun, futbol uchrashuvlarining chuqur va keng tahlili murabbiylar uchun jamoaning kuchli va biroz oqsayotgan jihatlarini yaqqol bilib olish, har bir raqibga nisbatan alohida taktika tuzish, o‘yinchilarning ustun va kamchilik jihatlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish ishlarida katta ko‘mak beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:10, 05.04.2021.
O'qildi: 2367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.