Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

FIFA koordinatori O‘zbekistonga tashrif buyurdi

FIFA koordinatori O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA vakili bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati bilan uchrashib, O‘FA huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan o‘quv-mashg‘ulot bazasining qurilish rejasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha uchun hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra ajratilgan 12 gektar yer maydoni ko‘zdan kechirilib, loyiha rejasi va chizmalari atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ander Vashkevich kelgusi 3 kun mobaynida ham Toshkent viloyatida bo‘lib, yangi o‘quv bazasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etishi rejalashtirilgan

Loyihaga asosan tabiiy chimga ega 6 ta va 1 ta sun’iy futbol maydoni, angar tipidagi futzal maydoni, 150 o‘rinli mehmonxona majmuasi, 700 kv.m. maydonga ega sport zallar, mini-futbol va sohil futboli bilan shug‘ullanish uchun 1 ta alohida maydon, 150 kishiga mo‘ljallangan restoran, 130 kishilik anjumanlar zali, shuningdek, kutubxona, muzey va dam olish maskanlari qurib bitkaziladi.

Shuningdek, mazkur hududda funksional diagnostika, sportchilarni sog‘lomlashtirish va reabilitasiyasi uchun zamonaviy sport tibbiy markazini tashkil qilish va zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash maqsadida sport tibbiyoti markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 21:03, 05.04.2021.
O'qildi: 2349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик