Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shahboz Umarov – Super yoxud legionerlarimiz haqida...

Shahboz Umarov – Super yoxud legionerlarimiz haqida...

Baho:
+-1 | -

Xorij klublarida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik legionerlarning o‘tgan haftadagi ishtiroklariga nazar tashlaymiz.

«Ufa»da eng yaxshisi - O‘runov.

O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov «Ufa» muxlislari so‘rovi yakuniga ko‘ra,  jamoaning fevral - mart oylaridagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Boshqirdiston klubiga «Spartak» (Moskva)dan ijara kelishuvi asosida qaytgan vakilimiz 45 foiz ovoz to‘plab, hujumchi Timur Jamaletdinov va darvozabon Aleksandr Belenovni ortda qoldirdi.

Oston bu davrda RPL doirasidagi 4ta o‘yinda 1ta golga assistentlik qilishdan tashqari, to‘pni raqiblardan 12 marta olib qo‘ydi, 29 marta muvaffaqiyatli dribling ishlatdi. Shuningdek, uning 86 foiz uzatmasi aniq chiqdi. «Ufa»ning aprel oyidagi ilk o‘yiniga kelsak, jamoa RPL 24-turida Moskvada «Dinamo» mehmoni bo‘lib, 0:4 hisobida yutqazdi. Boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Oston O‘runov 67-daqiqada o‘z o‘rnini Artyom Golubevga bo‘shatib berdi. Aytish joiz, «Ufa»ning chempionat doirasidagi g‘alabasiz seriyasi 6ta o‘yinga yetdi. Boshqirdiston klubi ayni holatda 14 ochko bilan 15-o‘rinni band etib turibdi. Oxirgi xabarlarga qaraganda, so‘nggi 7ta o‘yindan 6tasini boy bergan «Ufa» bosh murabbiyi Rashid Raximov iste’foga chiqarildi. Zero, jamoa bu oraliqda 1ta gol urib, 12ta qo‘yib yubordi. Klub bosh direktori Shamil Gazizovning aytishicha, navbatdagi o‘yingacha yangi bosh murabbiy tayinlanadi. Asli tojikistonlik mutaxassis «Ufa»da 2020 yilning oktyabr oyida ish boshlagandi. Jamoa uning rahbarligida 16ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta g‘alaba, 2ta durang va 10ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Igor Sergeev ham e’tirofda.

Igor Sergeev esa «Aktobe»ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 10 nafar futbolchi nomzodi ko‘rsatilgan maxsus so‘rovda 29, 3 foiz (201ta) ovoz oldi. Keyingi o‘rinlar fransiyalik Tongo Dumbiya (26,83 foiz) va jamoa tarbiyalanuvchisi Alisher Ajimov (12,1 foiz)ga nasib etdi. «Aktobe» Qozog‘iston chempionati 3-turida mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi. Igor Sergeev 62 daqiqa harakatlangan «Atirau»ga qarshi safar bahsida mehmonlar 3:1 hisobida ustun kelishdi. «Aktobe» dastlabki 2ta turda ham durang natija bilan cheklangan edi.

Qoyil, Shahboz Umarov.

Belarus chempionati Oliy Ligasi 3-turi hamyurtimiz Shahboz Umarovga juda omadli keldi. U «Gomel»ga qarshi kechgan uy uchrashuvining 51 va 53-daqiqalarida 2ta chiroyli gol urib, BATEning g‘alabasi (3:2)da katta rol bajardi. Vaholanki, hamyurtimiz o‘yinga tanaffusdan keyin qo‘shilgandi. Chempionat peshqadami «Shaxtyor» ham g‘alabani tantana qildi. Soligorsk­liklar o‘z maydonlarida «Isloch» darvozasiga javobsiz 4ta gol yo‘llashdi. Jamoa safidagi hujumchimiz Shahzod Ubaydullayev bu safar 74-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Atigi 83-daqiqada...

«Jenoa» Italiya «A» seriyasi 29-turida «Fiorentina»ni qabul qilib, g‘alaba qozonish uchun yuzaga kelgan ajoyib imkoniyatdan foydalanolmadi. Birinchidan, genuyaliklar tezkor gol urishdi, ammo ko‘p o‘tmay, mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchidan tanaffusdan so‘ng «Fio» yetakchilaridan biri Frank Riberi maydondan chetlashtirildi, biroq «Jenoa» son ustunligini natijaga ko‘chirolmadi. Boz ustiga, milliy jamoamiz yig‘inidan qaytgan Eldor Shomurodov atigi 83-daqiqada maydonga tushirildi.

Jaloliddin, aslo bo‘shashma!

O‘zbekiston milliyjamoasining oxirgi o‘rtoqlik o‘yinlarida yaxshi taassurot qoldirgan Jaloliddin Masharipov «Shabab Al-Ahli» safida ham tobora kuchli o‘ynamoqda. BAA Pro-ligasida g‘oliblik uchun kurashayotgan «Shabab Al-Ahli» 23-turda «Al-Fujayra»ni iroda evaziga yengdi - 3:2. Bosh qahramon - aynan Masharipov. Boshlang‘ich tarkibdan joy olgan hamyurtimiz avvaliga Muhammad Juma goliga assistentlik qildi, keyin chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, penalti ishladi (biroq Karlos Eduardo 11 metrli jarima zarbasidan foydalanolmadi). O‘yinning asosiy vaqti tugayotgan pallada esa, Jaloliddinning o‘zi burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga to‘g‘rilash asnosida jamoasi g‘alabasini ta’minladi. «Shabab Al-Ahli» safidagi yana bir vakilimiz - Odil Hamrobekov esa 39-daqiqadayoq almashtirildi. «Xatta» o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida «Al-Dafra»ni yengolmadi - 2:2. Mezbon jamoa yarim himoyachisi Doston Hamdamov bu o‘yinning 80-daqiqasigacha faol harakatlandi. «Sharja» - «Baniyas» bahsida ham durang natija qayd etildi - 1:1. Ayni payt turnir jadvali 4-o‘rnida borayotgan sharjaliklar vakili Otabek Shukurov doimgidek, to‘liq vaqt davomida tinim bilmadi.

U-21 o‘yinida gol, biroq...

«Rux» safiga qo‘shilganiga ko‘p bo‘lmagan hujumchimiz Bobur Abduxoliqov U-21 doirasida «Zarya»ga qarshi kechgan o‘yin­ni ajoyib gol bilan bezaganiga qaramay, yana asosiy jamoadan chetda qoldi. To‘g‘ri, u Ukraina Premyer-ligasi 20-turidan o‘rin olgan «Rux» - «Zarya» uchrashuvi qaydnomasiga kiritildi, ammo maydonga tushirilgani yo‘q. Boz ustiga, o‘yinda mezbonlar 0:2 hisobida yengilishdi. Ketma-ket 3ta turda mag‘lubiyatga uchragan «Rux» atigi 13 ochkoga ega va jamoa autsayderlar qatorida.

Kamtarona ko‘rsatkichlar.

Janubiy Koreyadagi hamyurtlarimiz o‘tgan hafta aytarli natija qayd etishmadi. Jumladan, Jamshid Iskanderov «K»-1 liga 7-turidan o‘rin olgan «Seongnam» - Ulsan Xyunday» o‘yini (0:1)ning ikkinchi bo‘limi boshida maydonga tushib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutulib qolishiga yordam berolmadi. Rustam Ashurmatovning jamoasi - «Kanvon» esa safarda «Seul»ni yagona gol evaziga yengdi. Hamyurtimiz bu o‘yinning 67-daqiqasidagina maydonga tushdi va yakunda sariq kartochka ham oldi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 07.04.2021.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.