Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Piter Xyuistra: «Navbahor» ikkinchi bo‘limda muxlislar madadi bilan o‘yinni kuchaytirdi»

Piter Xyuistra: «Navbahor» ikkinchi bo‘limda muxlislar madadi bilan o‘yinni kuchaytirdi»

Baho:
+ | -

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Piter Xyuistra jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- "Navbahor" bilan safardagi o‘yinlarimiz doimo og‘ir o‘tadi. Namangandagi uchrashuvlar hissiyotlarga boy tarzda kechadi. Maydon holati biroz yomon bo‘lgani uchun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik. Lekin ikkinchi bo‘limda muxlislar madadi bilan mezbonlar o‘yinni kuchaytirib, hisobni tenglashtirishdi. Hakamning yaqqol penaltini bermagani hayron bo‘lgandim, baribir, VAR yordamida penalti belgiladi. O‘zbekistondagi faoliyatim davomida ikkinchi marta Namanganda g‘alaba qozondik.

Eren Derdiyok kichik jarohati sabab, qolaversa, Chempionlar Ligasi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishi sababli bugun maydonga tushmadi.

Chindan ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Umuman olganda esa, shogirdlarim bugun yomon to‘p surishmadi. Xatolarni esa maydon sifatining yaxshi emasligi bilan izohlayman.

Hojimat Erkinov allaqachon bu mavsumda zaxiradan o‘yinga tushib ham ko‘p foyda keltirdi. Bu mavsum ko‘plab yoshlarimiz bizga naf keltirishlariga ishonaman. Nafaqat ichki chempionat, balki Chempionlar Ligasida ham ularning yordamiga tayanamiz.

Futbolchilarning vaqt cho‘zishga intilishlarini o‘zim ham yoqtirmayman. Bunday narsalarga qarshiman", — dedi Piter Xyuistra.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 21:25, 07.04.2021.
O'qildi: 5668 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик