Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Viktor Jalilov: «Bugungi o‘yin durangga mos edi»

Viktor Jalilov: «Bugungi o‘yin durangga mos edi»

Baho:
+ | -

"Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytaradi.

"Albatta, o‘yin keskin kechdi. Biz uchun ham, raqib uchun ham. "Paxtakor"ning tarkibi ancha shakllanganini barchamiz bilamiz. Menimcha, bugungi o‘yin durangga mos edi. Ammo mag‘lubiyatga uchradik. Lekin bugun futbolchilarimiz juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Gol urgandan keyin ham himoyaga yotib olishmadi. Qolgan voqealar haqida gapirmayman.

Farhod Mirahmatov chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Davronbek Hoshimov esa o‘ngda o‘ynaydi. O‘ng qanot himoyachimiz Xushnud Avilov jarohat oldi. Hujumchilar muammosi esa faqat bizda emas, butun O‘zbekiston futboliga taalluqli. Bugungi kunda o‘yin taqdirini hal qiladigan sanoqli hujumchilarga egamiz. Mashg‘ulotlarda kimning qanday holatda ekanligini kuzatamiz, shunga qarab tarkib tanlaymiz.

Hozir legioner yoki mahalliy futbolchini ajratmoqchi emasman. U yoshmi, yoshi o‘tib qolganmi, men uchun maydonga tushib, "Navbahor" libosida yaxshi o‘yin ko‘rsatishi muhim. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatganlar o‘yinga qo‘yiladi. Isoqjonov kichik jarohat olgani sabab uni almashtirishga majbur bo‘ldim. Xullas, futbolchilarni ajratmoqchi emasman.

Mag‘lubiyatga uchradikmi, demak bizga mahorat, sovuqqonlik yetishmadi. Qaysidir pallada bizga omad yetishmadi. Yutqazdikmi, demak nimadir kamlik qildi. Kamchiliklarni muhokama qilamiz. Futbolchi almashtirish o‘yinning borishiga qarab amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, Tasichni maydonga tushirdik. Igor Golbanning oldinda ko‘proq foydasi tegishini inobatga olib, uni oldinga o‘tkazib, Putinchaninni orqaroqqa o‘tkazdik", — dedi Jalilov.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:28, 07.04.2021.
O'qildi: 14434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик