Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

“Metallurg” – “Andijon”, prevyu

“Metallurg” – “Andijon”, prevyu

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi bilan bekobodliklar milliy chempionatlarimiz doirasida 38 bora to‘qnash kelishgan. Mazkur uchrashuvlarning 15 tasida Toshkent viloyati vakillarining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 11  ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. 12 ta o‘yin esa vodiylik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlangan. “Metallurg” raqiblari darvozasiga 63 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 55 gol o‘tkazib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlarda “Metallurg”ning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2015 yilgi chempionatda kuzatilgan bo‘lib, o‘shanda bekobodliklar “Andijon”ni 5:1 hisobida dog‘da qoldirgan. Andijonliklarning yirik g‘alabasi esa 4:1 ko‘rinishini olgan.

Mazkur jamoalarning o‘tgan mavsum Andijonda kechgan uchrashuvida bekobodliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Bekoboddagi o‘yinda durang natija qayd etilgandi – 1:1. Vodiydagi uchrashuvda har ikkala gol Stanislav Andreev hisobiga yozilgan. Bekobodda esa 22-daqiqada Shahzodbek Ubaydullayev hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuv tugashiga ikki daqiqa qolganda Doniyor Abdumannopov andijonliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

Ushbu jamoalarning Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvida qayd etilgan natijalar:

30.09.2020  “Metallurg” – “Andijon” – 1:1
11.08.2019  “Metallurg” – “Andijon” – 0:2
10.06.2016  “Metallurg” – “Andijon” – 3:1
23.05.2015  “Metallurg” – “Andijon” – 5:1
01.06.2014  “Metallurg” – “Andijon” – 3:2

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:33, 08.04.2021.
O'qildi: 1738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.