Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

"Paxtakor" birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 65 yil to‘ldi

"Paxtakor" birinchi o‘yinini o‘tkazganiga 65 yil to‘ldi

Baho:
+ | -

1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o‘zining ilk rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan.

1951 yil Toshkentda "Paxtakor" qishloq sport jamiyati tashkil etilgan, ammo futbol jamoasi sifatida faoliyatini "Paxtakor" 1956 yil yanvar oyidan boshlagan. Murabbiylikka "Dinamo" Moskvadagi ishi bilan tanish bo‘lgan taniqli mutaxassis Valeriy Bextenev taklif etilgan. 1955 yil Odessada bo‘lib o‘tgan qishloq jamoalari o‘rtasida Sobiq Ittifoq birinchiligida "Paxtakor" qatnashgan. Chempionatlardagi ilk rasmiy uchrashuvi esa 1956 yil 8 aprel sanasiga to‘g‘ri kelgan.

Dastlabki uchrashuvlarini O‘zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. Chunki ayni paytda yurtimizning bosh arenasiga aylangan "Paxtakor" stadioni 1956 yilning avgust oyida ishga tushirilgan.

Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
"Paxtakor": Pyotr Volostnov, Akmal Azizxo‘jayev, Anatoliy Kozenkov, Vitaliy Vitkalov, Idgay Tazetdinov, Qobil Muqimov, Yakov Kaprov, Laziz Maqsudov, Vladimir Kanunnikov, Aleksandr Murashov, Mixail Borkin.
Gol: Laziz Maqsudov, 44-pen.



Hozirga kelib "Paxtakor" 13 martadan O‘zbekiston chempionatida va Kubogi, yana bittadan O‘zbekiston Superkubogi va Liga Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. Chempionlar Ligasida yurtimiz sharafini eng ko‘p bor himoya qilib, ikki marta yarim finalda o‘ynagan jamoa ham "Paxtakor" hisoblanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:36, 08.04.2021.
O'qildi: 1892 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.