«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Praganing «Slaviya» klubiga qarshi Yevropa Ligasi chorak final dastlabki o‘yinidan (1:1) so‘ng o‘z fikrlarini aytdi.
«O‘yin nazorat ostida bo‘ldi. Kutilgan golni urdik, ammo bir qancha yaxshi vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. Raqib bizni imkoni boricha jarima maydonchamiz ichiga taqadi va shundan keyin nima bo‘lganini kuzatdik. Bahsdan keyin taassurot umuman boshqacha.
"Slaviya" — katta jamoalarni yutgan yaxshi raqib. Ularga qarshi o‘ynash qiyinroq.
Endi biz keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak. Maqsadimiz — gollar urish va g‘alaba qozonish. Avvallari, muvaffaqiyatga erishishni uddalardik, endi ushbu natijalarni qaytarish lozim», — deydi ispaniyalik mutaxassis.