Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superligada xorijlik murabbiy va....

Superligada xorijlik murabbiy va....

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatida har mavsum xorijlik murabbiylarni ko‘rishga odatlanganmiz. Ayrimlari o‘zidan nimadir iz qoldirgan holda, futbolimizga foyda keltirsa, ayrimlari faqat mo‘may pulni olib, yurtiga ravona bo‘lishadi. Klublarimiz orasida bundan ko‘p bor aziyat chekkanlari bor. Xo‘sh, joriy mavsum Superligamizdagi klublarda faoliyat olib borayotgan murabbiylardan nima kutish mumkin? To‘g‘ri, mavsum endi boshlandi, hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Lekin dastlabki uch turni kuzata turib, dastlabki xulosalarimizni bo‘lishsak, ziyon qilmasa kerak.

PITER XYUISTRA

Klubi: «Paxtakor»

Tug‘ilgan sanasi: 18.01.1967

Fuqaroligi: Niderlandiya

Faoliyat olib borgan jamoalari: «Groningen» (yoshlar) «Yong Ayaks», «Vitess», «Groningen», «De Grafsxap», Indoneziya milliy termasi, «Madura Yunayted» (Indoneziya), «Trenchin» (Slovakiya)

Ortda qolgan davr mobaynida «Paxtakor»ni Osiyoning raqobatbardosh jamoasiga aylantirgan Shota Arveladze bu yildan e’tiboran bosh murabbiylik postini yordamchisi - niderlandiyalik Piter Xyuistraga topshirdi. 1967 yilda tug‘ilgan ushbu mutaxassis bunga qadar bosh murabbiy lavozimida Niderlandiyaning «Groningen», «Yong Ayaks», «De Grafsxap» hamda Indoneziyaning «Madura Yunayted» klublarida faoliyat olib borgan. «Paxtakor» uning bosh murabbiyligidagi oltinchi jamoa hisoblanadi. 3,5 yil ichida Shota Arveldaze bilan birga qator sovrinlarga ega chiqqan Xyuistra endilikda mustaqil o‘zi bu ishni yana bir bor uddasidan chiqishga urinib ko‘radi. Murabbiy yuqori pressingga asoslangan hujumkor uslubni yoqtiradi. Bu yil ham «Paxtakor» futbolchilari ijrosida har bir uchrashuvda ochiq va hujumkor futbol guvohiga aylanamiz. Garchi uning falsafasiga mos keladigan Jaloliddin Masharipov, Doston Hamdamovlar jamoani tark etgan bo‘lsada, yangi qo‘shilganlar ketganlarning o‘rnini bilintirmasligiga ishonamiz. Har holda, ortda qolgan uchrashuvlar davomida ko‘rdikki, yangi kelgan kuchlar o‘zlaridan chakki taassurot qoldirishmadi. Sardor Rashidov, Aziz Turg‘unboyev qanotlarda kutilganidanda yaxshi to‘p surishmoqda, gollari hisobini ochishga ham ulgurishdi. Rashidov va Turg‘unboyev kabi hujumkor vingerlar bilan Xyuistra bemalol o‘zi istagan o‘yinni yo‘lga qo‘ya oladi. Niderlandiyalik murabbiy jamoaga xarakterni singdira olgan ko‘rinadi. Shuningdek, bir qator yosh futbolchilarga ham imkoniyat berishdan cho‘chiyotgani yo‘q. Buni u o‘z intervyularidan birida ham aytib o‘tgandi. Niderlandiyalik mutaxassis boshchiligidagi «sherlar»ni joriy mavsumda chempionlik yo‘lida yaqqol favorit sifatida tilga olishimiz mumkin.

 

MIKAEL SEKEYRA

Klubi: «Lokomotiv»

Tug‘ilgan sanasi: 06.07.1973

Fuqaroligi: Portugaliya

Faoliyat olib borgan jamoalari: «Braga-B», U-17, U-19, «SA Valdeves», «Avesh», «Famalikan», «Trofense», «Mariyelenense», «Freamunde», «Al-Nasr» (BAA)

Yana ulkan maqsadlar bilan ravon yo‘lga qaytishni va chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan «Lokomotiv» murabbiylik postiga uzoq Portugaliya o‘lkasidan Mikael Sekeyrani taklif qildi. Ushbu mutaxassis haqida ko‘p fikr bildira olmaymiz. Boisi, hali uning nimalarga qodirligi, uslubi, taktikasi va boshqa xislatlaridan bexabarmiz. Mavsum davomida esa sekin-asta kuzatib baho berib borishimiz mumkin bo‘ladi. Lekin shunisi aniqki, muxlislar undan ko‘p narsa kutishadi. Bunga biroz vaqt ham kerakligini esdan chiqarmasligimiz lozim. Sekeyra haqidagi ma’lumotlarga nazar tashlar ekanmiz, asosan assistent, bosh tahlilchi lavozimlarida faoliyat olib borganini ko‘rishimiz mumkin. «Lokomotiv» esa uning uchun ham yangi chaqiruv va O‘zbekistondagi yangi sarguzashtlarining debochasi bo‘lishi shubhasiz. Yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar, legionerlardan kelib chiqib aytish mumkinki, «temiryo‘lchilar» chempionlik uchun bor kuchlari bilan kurashishlari kutilmoqda. Ammo jamoa dastlabki uchta turda bor-yo‘g‘i 1 ochko ishlashni uddasidan chiqa oldi, xolos. Portugaliyalik mutaxassis haqida umumiy xulosa chiqarishga biroz erta, lekin yo‘qotilgan ochkolar chempionlik yo‘lida pand bermasa bo‘lgani. Sekeyra hali optimal tarkibni ham tanlab olgani yo‘q. Har bir o‘yinda turli futbolchilar xizmatidan foydalanmoqda. Ko‘ramiz va kuzatishda davom etamiz.

 

TACHMUROD AGAMURODOV

(maslahatchi-murabbiy)

Klubi: «Qizilqum»

Tug‘ilgan sanasi: 18.09.1952

Fuqaroligi: Turkmaniston

Faoliyat olib borgan jamoalari: «Nebitchi», «Nisa», Turkmaniston olimpiya termasi, «Kopetdog‘», Turkmaniston milliy termasi, «Paxtakor», «Qayrat», «Dinamo» (Samarqand), «Lokomotiv» (Toshkent), «Sho‘rtan», «Buxoro»

Ushbu murabbiy jamoada rasman bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib bormasada, o‘z tajribasi va maslahatlari bilan Hamidjon Aktamovga ko‘maklashib kelmoqda. O‘tgan mavsum qisqa muddat bosh murabbiy lavozimida ham faoliyat olib borgan turkmanistonlik mutaxassisni muxlislar juda yaxshi bilishadi. Ha, bu o‘sha «Paxtakor»ni yangi darajaga olib chiqqan, futbolimizga ikki hujumchi taktikasini olib kirgan murabbiy. Tachmurod Shamakovichni o‘zimizning murabbiy, deb hisoblasak ham bo‘laveradi. Yurtimizdagi ilk yillarida katta natijalar qayd etgan mutaxassis keyinchalik nima uchundir faqatgina o‘rtamiyona yoki quyi o‘rinlardagi jamoalarni boshqardi. Balki yosh ham o‘z so‘zini aytayotgandir. Bugungi kunda yosh murabbiylarga talab kuchli ekanligini inobatga olsak, yuqoridagi gaplarimiz o‘z tasdig‘ini topishi mumkin. Ammo futbolda tajriba ham muhim hisoblanadi.

 

ALEKSANDR XOMYAKOV

Klubi: «Mash’al»

Tug‘ilgan sanasi: 05.03.1969

Fuqaroligi: Rossiya

Faoliyat olib borgan jamoalari: «Mash’al» (akademiya), «Mash’al», «Andijon», «Buxoro»

Aleksandr Xomyakov joriy mavsum o‘zining qadr­don jamoasiga qaytdi. Murabbiylik faoliyatini «Mash’al» akademiyasida boshlagan rossiyalik mutaxassis keyinchalik bosh jamoada Viktor Kumikovga ko‘maklashdi. Muborak klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida bir necha yil faoliyat olib bordi. 2013 yil jamoada bosh murabbiy sifatida ish boshlagan mutaxassis o‘sha yiliyoq «Mash’al»ni elitaga qaytardi. 2019 yilning ikkinchi davrasida «Andijon»ga yo‘l oldi va jamoani kuchlilar qatorida saqlab qoldi. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra, vodiydagi faoliyatini erta yakunlashga majbur bo‘ldi. O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida «Buxoro»da maslahatchi sifatida Jamshid Saidovga ko‘maklashdi.

Abdulaziz ISKANDAROV

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:48, 09.04.2021.
O'qildi: 4476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.