Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Diyorjon Turopov: «Raqibdan kuchliligimiz sezilib turdi»

Diyorjon Turopov: «Raqibdan kuchliligimiz sezilib turdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turida “Surxon” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin “Lokomotiv” yarim himoyachisi Diyorjon Turopov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– O‘yin jangovar ruxda o‘tdi. Bahs davomida raqibdan kuchliligimiz ko‘rindi. Chunki biz raqibdan ko‘ra ko‘proq vaziyatlar yaratdik. Biroq ularni golga aylantirishda biroz sustroq harakat qildik. Umuman olganda bugun chiroyli o‘yin ko‘rsata oldik deya olaman. Shuningdek, “Surxon” futbolchilari ham bizga yaxshi qarshilik ko‘rsata olishdi.

– Ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urib, jamoaga 4 ochko keltirdingiz. Hissiyotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
– Jamoaga yordamimi tegayotganidan xursandman. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni niyat qilganmiz. Ammo yaratilayotgan ko‘plab vaziyatlardan foydalanishda xatolar ko‘p bo‘lmoqda. Bu borada ishlab, ko‘proq gol urishga harakat qilyapmiz. Endi o‘yinimiz ochilib ketishiga ishonaman.

– Ushbu mavsumda ilk g‘alaba 5-turga kelib qo‘lga kiritildi…
– Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Asosiysi – bugun g‘alabaga erishdik. G‘alaba doimo futbolchining, muxlislarning kayfiyatini ko‘taradi. Endi to‘xtab qolish kerak emas. Hali mavsumning katta qismi oldinda. Ko‘plab g‘alabalar bizni kutib turganiga ishonaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:33, 10.04.2021.
O'qildi: 1774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик