Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Aleksandr Xomyakov: "Birinchi goldan keyin Ashurmatov bilan gaplashishga harakat qildik"

Aleksandr Xomyakov: "Birinchi goldan keyin Ashurmatov bilan gaplashishga harakat qildik"

Baho:
+ | -

Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Qo‘qon-1912" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Afsuski raqib urgan birinchi goldan keyin rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Hattoki men zaxira o‘rindig‘idan gol bo‘lmaganini ko‘rgandim. Hisobda ortda borayotganimizda o‘ylamay hujumga o‘taverdik. "Qo‘qon-1912" ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi.

Hujumchilarimiz yaratilgan vaziyatlarda gol urishlari kerak. Uilyams o‘tgan tur zaxiradan maydonga tushgandi, bugun asosiy tarkibda tushirdik. Umuman olganda yigitlarga e’tirozim yo‘q. Havodagi kurashlarni raqib yutaverdi. Biz esa qaytarilgan to‘plarni egallashga urinishimiz kerak edi.

Hozir nima istasak gapirishimiz mumkin, birinchi gol bizni sindirdi va boshqa narsa. Ammo bularning barchasi bahona bo‘ladi. 3 ochkoni boy berdik, oldinga intilishda davom etamiz.

Raqib qarshi hujum taktikasini tanladi, shu bois uzoqdan zarba berishdan ma’no yo‘q edi. Yaratgan vaziyatlarda omadimiz kelmadi.

Birinchi goldan keyin Ashurmatov bilan gaplashishga harakat qildik. Hozir uni o‘rniga o‘zimni qo‘yishim qiyin. Uni ayblamayman. Aslida gol bo‘lganidan keyin o‘yinni tez boshlash emas, vaziyatga oydinlik kiritish kerak edi deb o‘ylayman. Balki tepadan kimdir bosh hakamga aytishi kerakmidi. Ashurmatovni aybdor deb hisoblamayman, u ham murabbiy. Unga ochkolar zarur. Afsuski hozir bir vaqtlardagi feyr pleylar yo‘q bo‘lib ketgan", - deydi Xomyakov.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 08:33, 10.04.2021.
O'qildi: 3712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик