Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo-Okeaniya chempionatida 10 ta medal bilan jamoaviy hisobda 2-o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo-Okeaniya chempionatida 10 ta medal bilan jamoaviy hisobda 2-o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati yakunlandi.

Ushbu musobaqada 29 mamlakatdan 195 nafar sportchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi turnirda 11 ta medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi: 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5ta bronza. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Birinchi o‘rinda Janubiy Koreya terma jamoasi (4 ta oltin, 5 ta kumush, 8 ta bronza) qayd etilgan.

Hozirda bu ko‘rsatkich O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi bo‘lib turibdi.

Sardor Nurillayev (-66 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Gulnoza Matniyozova Osiyo chempioniga aylandi.

Kecha bo‘lib o‘tgan jamoaviy bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi dastlab Turkmanistonni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa dzyudochilarimiz Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berishgan bo‘lsa, bronza medali uchun kechgan bahslarda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada Tokio—2020 Olimpiadasi uchun zaruriy reyting ochkolarini jamg‘arish imkonini beradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 09:00, 10.04.2021.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик