Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Qahramon Aslanov maqolasi: «Futbolga qilinmay qolgan sevgi izhori»

Qahramon Aslanov maqolasi: «Futbolga qilinmay qolgan sevgi izhori»

Baho:
+ | -

"Yaxshi odamlarning yaxshiligi haqidagi afsonalarda butun hayot aks ettirilmaydi. Nimadir kichik qurbonlik, oddiygina voqeadagi ulug‘vorlik. Bir qari cholni yo‘ldan o‘tkazib duo olasiz yoki bir kichik mushukchani suvdan qutqarasiz. “Xizrni uchratibdi, yaxshilik qilgan odami Xizr bo‘lib chiqibdi” deyishadi ham ba’zida xalq tilida. Shunaqa osonmi?

Falsafa shundaki, inson bunday voqealarning o‘z boshiga kelishini kutib yashamasin, doim shunday yashasinki, o‘sha kichik yaxshiliklarning birida Xudoning roziligi yotadi. Yo‘ldan o‘tkazib qo‘yilgani chollardan biri Xizr bo‘ladi.

O‘n ikki yil oldin, JCH-2010 saralash o‘yinlari pley-offda Fransiya va Irlandiya to‘qnash kelgan va dastlabki o‘yinda fransuzlar 1:0 hisobida safarda g‘alaba qozongandilar. Javob o‘yinida irlandlar hisobni ochishdi va shu bilan qo‘shimcha taymlargacha hisob saqlanib turdi.

103-daqiqada Tyerri Anri raqib jarima maydoni ichida to‘pni qo‘li bilan to‘xtatdi va ochiq darvoza qarshisida turgan Gallasga uzatdi. Hakam qoida buzilishini ko‘rmay qoldi va hisob tenglashdi. O‘yindan keyin Anri qoida buzganini tan olgan bo‘lsa-da, barcha savollar hakamlarga berilishi kerakligini aytgandi.

Bir tomondan butun dunyoning nafratini qozonib bo‘lsa-da, milliy jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchini maqtash ham mumkindek, lekin menga o‘sha o‘yinni sharhlagan Vladimir Maslachenkoning fikrlari yoqqandi:

«Anri, ey xudoyim... Bor, hakamning oldiga,unga qoida buzganingni tan ol, futbolga sevgi izhor qil! Futbol tarixidagi eng olijanob shaxslardan biri bo‘lib tarixga kir!...»

Bilmadim, bir shaxsning tarixga kirish muhimmi, yoki vatanning g‘alaba qozonishi, bilmadim, futbol kattami yoki g‘alaba? Insonlarga muvaffaqiyat tarqatish yaxshiroqmi yoki ulug‘vor qadriyatlar? Katta dilemma, to‘g‘rimi?

Albatta, yuqoridagi misol «Mash’al» – «Qo‘qon 1912» o‘yinida sodir bo‘lgan voqeaga u darajada o‘xshash emasdir. «Qo‘qon» hujumchisi Mo‘min Meliyev Anridan farqli ravishda qoida buzmagandi. Meliyev o‘z ishini qilib, to‘pni darvozaga tepdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, aytishlaricha, Mo‘min aslida gol bo‘lmaganini bilmagan ham.

Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida bu vaziyat haqida uzoq to‘xtaldi, bir nimalarni tushuntirishga harakat qildi. Meliyev ham, o‘zi ham gol deb o‘ylashganini, takroriy lavhalarni smartfonda, kichik ekranda ko‘rganini aytdi, agar golmasligini aniq bilganida boshqacha yo‘l tutgan bo‘lishini ta’kidladi, ko‘p gapirdi, balki rostdir, balki o‘sha pallaga qaytib qolsa, boshqacha harakat qilar, bilmadim.

Agar Meliyev to‘p qiyshiq ketganini hakamga aytib, vaziyatni tuzatganidami... Yoki Ashurmatov shogirdlariga gol o‘tkazib yuborishni buyurib, adolatni ta’minlashgandami...

Eh biz ishonamizmi, yo‘qmi, bir tiyin, uni qo‘ying, axir qarang, Meliyevda ham, «Qo‘qon» jamoasida ham butun umrga tarixda qolish imkoniyati bugun paydo bo‘lgandi. Dunyoga tarqab ketgan bu g‘alati “gol” chiroyli yakuni bilan yanada ta’sirli bo‘lar va yana baribir dunyoga tarqab ketardi.

Tarixda qolishni qo‘ying, futbolga sevgi izhor qilishi mumkin edi bugun Meliyev. Yoki Ashurmatov...
Shu paytgacha ko‘rmaganimiz, balki bundan keyin ham, Meliyevda ham, «Qo‘qon» jamoasida ham, boshqa o‘zbek jamoasida ham uchramasligi mumkin bo‘lgan imkoniyat... Umuman boshqa sodir bo‘lmaydi endi. Buni bilib qanday yashash mumkin?

«Xizrni tanimadilar» ular! Tushunyapsizmi?
Esiz..."

Manba: @asl_futbol
Kiritildi: 15:21, 10.04.2021.
O'qildi: 2990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.