Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun kuchli raqib maydonida 3 ochkoga ega bo‘ldik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugun kuchli raqib maydonida 3 ochkoga ega bo‘ldik»

Baho:
+ | -

“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining birinchi qismida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob berdi.

— Bugun kuchli va tajribali futbolchilarga ega raqib maydonida 3 ochkoga ega bo‘ldik. Bundan judayam xursandmiz. Bizda yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldirish vazifasi bor. Albatta, biz bugun "Qizilqum" jamoasini hujumkor o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Birinchi bo‘limda 3 markaziy himoyachi bilan harakatlandik. Ikkinchi taym oxirlariga kelib 4-4-3 sxemasiga o‘tdik. Shu sxema orqali raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdik. Umuman aytganda, bugungi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Omad ham biz tomonda bo‘ldi.

— Abduvohid Ne’matovning o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganligiga sabab nima?
— Abduvohid Ne’matov asosiy darvozabon deb ta’kidlashingizga sabab nima? Bizda 3 nafar darvozabon bor. Ularning barchasiga imkon beramiz. Ne’matov o‘tgan mavsumda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Shu sababdan u terma jamoa safiga ham jalb etildi. Bugungi o‘yinga uni jalb etmaganimizni sababi jarohat emasku, lekin sabab bor. Tayyor emasligi uchun Navoiyga uni olib kelmadik. O‘ylaymanki, keyingi o‘yingacha u tiklanadi. Navbatdagi o‘yinlarda unga ham imkoniyat beramiz.

— Oybek Bozorov qachon safga qaytadi?
— Oybek Bozorovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bir hafta muddat atrofida safga qaytadi deb o‘ylayman. Balki keyingi turgacha qaytar.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 02:00, 11.04.2021.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик