Kirish Ro'yxatdan o'tish

Hamid Aktamov: «Hujumchisiz o‘ynashga qaror qildim»

Hamid Aktamov: «Hujumchisiz o‘ynashga qaror qildim»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Hamidjon AKTAMOV matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Bugun alamli mag‘lubiyatga uchradik. O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Bugun g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. O‘zimiz qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Kutilmagan jarohatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu futbol, "Nasaf" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.

- Mate Vatsadzening asosiy tarkibda tushirilmaganligining sababi nima?

- Vatsadze 4 ta turdan beri gol urmadi. Shu sabab bugungi o‘yinda hujumchisiz o‘ynashga qaror qildim. U gol urolmasa ham o‘ynatavermaymanku! Shu uslubni sinab ko‘rdik, baribir oxirgi 15 daqiqada qo‘yib ko‘rdik. U harakat qildi, baribir hujum chizig‘i bo‘yicha qiynalayapmiz. Bugun jamoaviy tarzda hujumga o‘tdik, xududlarni tashlab chiqdik, shu kabi sabablar orqali jazolandik.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 06:15, 11.04.2021.
O'qildi: 2085 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.