Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Tayson Fyuri—Entoni Joshua jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkinmi?

Tayson Fyuri—Entoni Joshua jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkinmi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0, 21 KO) WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaga (24-1, 22 KO) qarshi jangi qaysi mamlakatlarda o‘tishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

"Bir nechta katta yangiliklar bor. Bizda bu jangni o‘tkazish joyi borasida uch yoki to‘rtta katta taklif mavjud. Saudiya Arabistoni, Qatar, O‘zbekiston, Rossiya, Amerika va Angliyadan bo‘lgan lo‘li birodarlarim tomonidan qiziqish bor.

Ularni o‘rganib chiqmoqchiman va umid qilamanki, biz katta jang tashkil qilamiz, chunki men bu yalangoyoqni bejab qo‘ymoqchiman", dedi Tayson Fyuri.

«Daryo» mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston boks federasiyasida izoh so‘radi.

«Yaxshi bilasiz, 3 aprel kuni Toshkent shahrida boks oqshomi yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu shou «Matchroom Boxing» promouterlik kompaniyasi, DAZN platformasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Jang kechasining tashkiliy jarayonlarini yuqoridagi ikki kompaniya rahbariyati bevosita ko‘rdi. Bu orqali ular O‘zbekiston shunday musobaqalarni o‘tkazish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligiga guvoh bo‘ldi.

Shu sababli ham, O‘zbekiston jahon boks olamida mana shunday yirik boks oqshomi o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan nomzod mamlakatlar qatoriga kirgan bo‘lishi mumkin. Tayson Fyuri ham shu sababli O‘zbekistonni ehtimoliy mezbon sifatida qayd etgan», — deyiladi federasiya izohida.

Avvalroq jangni 2021 yilning iyun oyida o‘tkazish reja qilinayotgani va ikkala bokschi 100 million dollardan gonorarga ega bo‘lishi aytilgandi.

Qayd etish kerak, Fyuri o‘zini «lo‘lilar qiroli» deb ataydi. Fyuri Angliyada tug‘ilgan va irlandiyalik sayohatchilar (Irish Travellers) nomi bilan yuritiladigan qavm vakili hisoblanadi. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra ushbu qavm lo‘lilarga borib taqaladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:25, 12.04.2021.
O'qildi: 7157 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.