Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bugun Mahmud Murodov va "Turkiston Su" kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi

Bugun Mahmud Murodov va "Turkiston Su" kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Reportajlar

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham "Hyatt Regency" mehmonxonasida taniqli UFC jangchisi, yurtimizdagi eng mashhur sportchilardan biri Mahmud Murodov va "Turkiston Su" maxsus oltin zarrachali qo‘shilgan suv ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan o‘zaro shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida "Turkiston Su" kompaniyasi asoschisi va ta’sischisi Kamoliddin Dadajonovich Boboyev va Abduhamid Abduvahobov, "Turkiston Su" brendi bosh direktori Muzaffar Gaziyev, "Turkiston Su" loyihasi direktori Dilshod Karatayev, hamda tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali shifokor Sevara Ubaydullayeva ishtirok etishdi. Ushbu tadbir avvalida, UFC ustasi va kompaniya asoschilari o‘rtasidagi sharnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan keyin, loyiha asoschilari va Mahmud Murodovga matbuot anjumaniga yig‘ilgan jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

 

 

Jurnalistlar tomonidan "Nega aynan "Turkiston Su" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladingiz. Axir, O‘zbekistonda suv ishlab chiqaradigan kompaniyalar ko‘p-ku?", degan savolga, Mahmud Murodov quyidagicha javob berdi: "Avvalo, barchaga Assalom-u alaykum, sizlarni mazkur saroyda ko‘rib turganimdan xursandman. Mazkur kompaniya bilan shartnoma imzolshim uchun bir qancha sabablar bor edi. Birinchidan, ushbu loyiha asoschilari men tug‘ilgan Buxoro shahridanligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ushbu kompaniya brendi e’tiborimni tortdi. Chunki, oltin zarrachalari qo‘shilgan suv deganda, xohlaysizmi yo‘qmi, ko‘pchilikninging qiziqtirishi aniq.

Suvning inson organizmiga qanchalik foydaligi haqidagi savolga oliy toifali shifokor Sevara Ubaydullayeva quyidagicha javob berdi: "Bugungi tadbirda birinchi qo‘yilgan qadam, bu inson salomatligi tiklashga qaratilganligi e’tiborga molikdir. Ushbu suvni tarkibida inson organizmida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan vitamin va minerallar bor.


Hozirgi kunda "Turkiston Su" kompaniyasi ko‘pgina mashhur sportchilar bilan shartnoma imzolayotganini kuzatmoqdamiz. Bugun esa UFK jangchisi bilan shartnoma imzolanayotganini kuzatmoqdamiz. Bunday mashhur sportchilar bilan shartnoma imzolashda kompaniyaning asosiy maqsadi nimada degan savolga, loyiha asoschisi Kamoliddin Boboyev quyidagicha javob berdi: "Bizga bu savolni ko‘plab jurnalistlar berishgan. Avvalo, bundan ko‘zlangan maqsad, mazkur sportchilarni ko‘plab chet mamlakatlarida kuzatishadi. Misol uchun, Mahmud Murodovni butun dunyoda tanishadi va janglarini bevosita tomosha qilishadi. Bizning ko‘zlagan narsamiz esa ushbu suvnining brendini butun dunyoda bilishini xohlaymiz. Shartnomalarning asosiy g‘oyasi mazkur milliy brendni jahon bozorlarigacha olib chiqish"

 

Matbuot anjumanining qolgan qismi ham, shu kabi qiziqarli savol-javoblar bilan o‘tkazildi. 

 

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi. 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:06, 15.04.2021.
O'qildi: 6051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.