Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Rikardo Rodriges: «Shveysariya termasi - jumboq»

Rikardo Rodriges: «Shveysariya termasi - jumboq»

Baho:
+ | -

Bu futbolchi Qatar-2022 mundiali saralashini o‘ta muvaffaqiyatli boshlagan Shveysariya milliy jamoasi tayanchidir. U bolgariyaliklarga qarshi kechgan safar uchrashuvida debyut goli bilan muhim g‘alabaga tamal toshi qo‘ydi. O‘zining e’tirof etishicha, boshqa jamoalarga nisbatan Shveysariya termasi o‘yinlarini oldindan bashorat qilish juda qiyin. Aslida oxirgi ikki mavsum Rodrigo Rodriges uchun anchayin murakkab kechdi. Deylik, o‘tgan yili «Milan»dan PSVga ijara kelishuvi asosida yo‘l olgan futbolchi Niderlandiya chempionatida chakki start olgani yo‘q, ammo keyinchalik pandemiya uning sur’atini pasaytirib qo‘ydi. Rodriges endi ayni payt «A» seriyada o‘rnini saqlab qolish uchun kurashishga majbur bo‘layotgan «Torino»da to‘p surmoqda. Muhimi, futbolchi milliy jamoada muvaffaqiyat kaliti vazifasini ado etmoqda. Syurixlik o‘g‘lon FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida ham asosan milliy jamoasi xususida fikr yuritdi.

- Siz uchun qaysi pozisiya yaxshiroq: himoyachilar triosi vakili rolimi yoki an’anaviy himoyachiniki?

- Maydonda har qanday rolni bajarishga tayyorman. Maqtanchoqlikdek tuyulsada aytaman - murabbiy belgilagan har qaysi pozisiyada bemalol o‘ynayveraman. Zero, universallikni yoqtiraman.

- Shveysariya milliy jamoasi safida 70 martadan ko‘p maydonga tushgan tajribali o‘yinchisiz. Xalqaro faoliyatingiz qanday rivojlandi?

- Terma jamoa safiga qo‘shilganimda 18 yoshli yigitcha edim. Ortda qolgan vaqt davomida ancha ulg‘aydim, shuning barobarida tajriba ham to‘pladim, albatta. Endi barchasi uchun jamoam va murabbiylarga samarali o‘yinlar vositasida minnatdorchilik bildirishim shart.

- Yevropa chempionati saralashi Shveysariya termasiga muammo tug‘dirmadi. JCH «g‘alvir»i­da qaysi jihat muhim rol o‘ynashi mumkin?

- Albatta, ijobiy sifatlarimizga tayanamiz. Oddiy aytganda, raqibni o‘z o‘yinimizga bo‘ysundirishimiz kerak. Menimcha, Shveysariya termasi boshqa jamoalarga nisbatan ancha sirli. Har holda, yaxlit kuchmiz va o‘yinimiz muayyan futbolchining mahorati emas, balki hamjihat harakatga asoslangan.

- Jamoangiz JCH-2022 saralash bosqichi va Yevro-2020ni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun yana qaysi jihatlarni kuchaytirishi kerak, sizningcha?

- Hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz, yanada rivojlanish uchun esa har qanday vaziyatga tayyor turishimiz talab etiladi. Yaqinda Yevropa Millatlar ligasi turnirida nomdor jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsata olishimizni namoyish etdik. Bu turnir o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tadi. Guruhimizda Italiya termasining favorit ekanligiga shubha yo‘q. Lekin hozir u bilan bir xil sharoitdamiz. Demak, qo‘rqishga asos yo‘q.

- Italiya termasining ustunlik tomoni nima? Italyanlarga qarshi bahsda sizlarga qaysi jihat qo‘l kelishi mumkin?

- Italiya termasida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi - yangi shaxs­lar va saviyali o‘yinchilar. Jamoa ayniqsa, taktika borasida mukammal. Italyanlar Yevro-2020 saralashida sermahsul o‘ynashdi. Qisqasi, barchasiga ehtiyotkorona yondashishimiz lozim.

- Umuman, JCH saralash bos­qichidan nimalar kutyapsiz?

- Saralash poygasi endi boshlandi. Mudom olg‘a intilib, xatolardan qochishimiz kerak. Agar kuchli raqiblar bilan ham cho‘chimay o‘ynasak, hammasi risoladagidek yakunlanishiga ishonaman.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:41, 17.04.2021.
O'qildi: 2025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.