Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Ilhom Mo‘minjonov: «G‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz»

Ilhom Mo‘minjonov: «G‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov Pro-liganing 5-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Xorazm"ga qarshi o‘yin (5:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda rahbariyatimizni, muxlislarimizni va jamoamizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun jamoamizga nisbatan qo‘llanilgan diskvalifikasiya yakuniga yetdi va muxlislarni qatnashishiga ruxsat berildi. Ular kelib, bizni qo‘llab-quvvatlaganlariga katta minnatdorchilik bildiraman. Ushbu g‘alabani ularga bag‘ishlaymiz.

Bugun futbolchilarga berilgan yuklamalarni ular a’lo darajada bajarishdi. Lekin 10-daqiqada hisob 3:0 bo‘lib turgan paytda yarim himoyachilarimiz va himoyachilarimiz biroz bo‘shashdilar va shuni evaziga gol o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limdan keyin yigitlar bilan gaplashib olganimizdan so‘ng ikkinchi bo‘limda o‘zlariga kelishib, 2ta gol urishga erishdilar va hisobni yirik ko‘rinishiga olib kelishdi. Shuning uchun ularga rahmat aytib qolaman.

"Istiqlol" jamoasi 4ta o‘yindan keyin PFLga birinchilikdan chiqib ketish bo‘yicha ariza bilan chiqishdi. Lekin, afsusdaman, chunki 3 ochkodan ayrildik. Mana o‘sha 3 ochkodan ayrilgan bo‘lsak ham bugun o‘sha 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Ilgari aytib o‘tganimdek, jamoamizda 25 futbolchi bor va ular bilan futbol mavsumini yakunlaymiz. Murabbiylar shtabimiz seleksiya ishlarini davom ettirmoqdalar. Hozirgi kunda ikkita yosh futbolchilarni kuzatishda davom etishmoqda. Nasib qilsa, birinchi davradan keyin ularni jamoaga jalb qilamiz.

Otabek Zokirovga kelsak, saviyasi baland yaxshi hujumchi. U bilan shartnomamiz bor va u bizga kerakli hujumchi. Unga keyingi o‘yinlarda imkoniyat beriladi. Hozirgi kunda esa oldingi chizig‘imizda Obradovich, Hoshimov va Roziyev kabi ijrochilarimizdan foydalanib kelmoqdamiz. Chempionatimiz va Kubok musobaqalari hali oldinda. Shuning uchun u bilan ishlashda davom etamiz", — dedi Mo‘minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 23:20, 17.04.2021.
O'qildi: 1964 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик