Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

G‘alabaga katta hissa qo‘shgan 4 futbolchi. Kechagi Ispaniya kubogi finali haqida

G‘alabaga katta hissa qo‘shgan 4 futbolchi. Kechagi Ispaniya kubogi finali haqida

Baho:
+1 | -

"Barselona" jamoasi kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda "Atletik" klubini 4:0 hisobida mag‘lub etdi va 720 kundan so‘ng nihoyat sovrin yutishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu bahsda "ko‘k-anorranglilar" raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shuningdek, Kataloniya klubining 4 futbolchisining ko‘rsatgan o‘yini g‘alabada muhim rol o‘ynadi.

Antuan Grizmann

Kechagi bahsda Grizmann kam ko‘rinish berdi, ammo baribir o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, jamoa g‘alabasiga katta qo‘shdi. U jamoasining ilk golini urdi va shundan so‘ng "Barselona"ni to‘xtatib bo‘lmadi. Shuningdek, uning bir goli hisobga olinmadi. Umuman olganda, u nafaqat bu o‘yinda, balki butun turnir davomida jamoasining g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi.

Jordi Alba

Uzoq vaqtdan buyon "Barselona"ning chap qanot himoyasidagi o‘rnini hech kimga bermay kelayotgan Alba kechagi o‘yinda o‘zining ushbu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatdi. Ispaniyalik himoyachini ba’zan standart futbolchi sifatida ayblashadi. Uning maksimal vazifasi to‘pni o‘z sheriklariga yoki Messiga aniq yetkazib berish deb hisoblaydi ba’zilar, ammo aslida Alba maydonda katta funksiyani bajaradi. U hujumlarni keskinlashtirib beradi va qanotdan beriladigan havfli uzatmalari bilan himoyachilarni shoshirib qo‘yadi. Kechagi o‘yinda ham u ikta golga asssitentlik qildi va uning ham bu chempionlikda hissasi tengsiz.

Frenkiye De Yong

Kataloniya klubining markazini deyarli o‘ziniki qilib olayotgan De Yong o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilmoqda. Niderlandiyalik yarim himoyachi ushbu mavsumda gollarda ham faol qatnashmoqda. Kechagi uchrashuvda ham u jamoasining eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. 23 yoshli futbolchi "Atletik"ga qarshi final o‘yinida 1 ta gol urdi va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Aslida tayanch yarim himoyachi bo‘lgan De Yong so‘nggi paytlarda haqiqiy xavbekka aylanib bormoqda.

Lionel Messi

Messi uchun bunday sovrinlar yutish tabiiy hol, ammo klubning so‘nggi davrlardagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan so‘ng, ushbu chempionlikning qiymatini yuqori baholasak bo‘ladi. Qachonki "Barselona" g‘alaba qozonsa va yorqin o‘yin ko‘rsatsa, bilingki buning asosiy sababchisi 90% hollarda bir futbolchi ya’ni Messi. Kecha Bilbao klubi mag‘lub etilgan o‘yinda u 2 ta gol urdi va haqli raqishda o‘yinning eng yaxshisi bo‘ldi. Hamon Leo va uning jamoasining sovrinlar uchun kurashishga kuchi yetadi. Bu mavsum jamoa uchun juda omadli kelmadi. Klub YECHL tark etdi va La Ligada ham 2 raqibidan ortda bormoqda, lekin bu natijalarni boshqacha talqin qilsa bo‘ladi ya’ni kelgusidagi katta yutuqlar uchun qurbon bo‘lgan mavsum.

      

                                                                                                 Xudayqulov KARIM tayyorladi

 

 

 

Kiritildi: 18:41, 18.04.2021.
O'qildi: 6447 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.