Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-0 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

La liga. «Real» Madrid derbisida ochko yo‘qotdi

La liga. «Real» Madrid derbisida ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining qizg‘in pallasi boshlangan paytda «Real», kutilmaganda, ochko yo‘qotdi. Zidan jamoasi «Xetafe» maydonida g‘alaba qozona olmadi.

Tarkib bilan bog‘liq muammolar "Qirollik klubi"ning o‘yiniga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramay, Mariano Dias bahsning 9-daqiqasida hisobni ochishgandi, ammo VAR kichik ofsayd tufayli golni bekor qildi.

23-daqiqada esa "Real"ni goldan darvoza ustuni qutqarib qoldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Eder Militao "qaymoqranglilar"ni goldan qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati bo‘yicha kichik ustunlik Zidan jamoasi tomonida bo‘ldi, ammo golga tortadigan vaziyatlarni ko‘proq mezbonlar yaratishdi. Ayniqsa, Tibo Kurtua ikkita vaziyatda mahorat ko‘rsatib, zarbalarni qaytarishga erishdi.

Shu tariqa, "Real" kerak bo‘lmagan joyda ochko yo‘qotdi va endi peshqadam "Atletiko"dan 3 ochko ortda qolmoqda. Boz ustiga, "Barselona" qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonib, madridliklardan oldinga o‘tib ketishlari mumkin.

Ispaniya La ligasi, 31-tur
Xetafe – Real Madrid 0:0 (0:0, 0:0)
Xetafe – Soriya, Djene, Olivera, Nyom, Maksimovich, Kukurelya, Arambarri, Timor, Alenya (Suares, 76), Mata (Anxel Rodriges, 65), Unal (Miranda, 90).
Real Madrid – Kurtua, Viktor Chust, Marselo, Odriosola, Militao, Rodrigo (Antonio Blanko, 65), Modrich, Vinisius Junior, Isko, Asensio (Arribas, 78), Mariano Dias (Benzema, 65).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (54), Nyom (58), Anxel Rodriges (75), Kukurelya (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:10, 19.04.2021.
O'qildi: 5683 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик