Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo «Atalanta»ga uchralgan mag‘lubiyat (0:1)ga izoh berdi.
«Biz kuchli pressing uyushtiradigan jamoaga qarshi o‘ynadik. Barchasi o‘ylangan rejalar ostida ketdi. Raqibga biroz omad yetishdi xolos.
Aslida biz butun o‘yin davomida agressivroq o‘ynadik. Hech bo‘lmaganda 1 ochko ham qo‘lga kirita olmaganimiz uyat. To‘pni nazorat qilgan jamoa yutqazdi», - deydi Pirlo.