Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bugun U-18 chempionatiga qur’a tashlanadi

Bugun U-18 chempionatiga qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zPFL U-18 chempionati uchun qur’a tashlash tadbirini tashkil etadi. Unda Superliga va Pro liga klublari qoshidagi U-18 jamoalari o‘zlarining mavsumiy raqiblarini bilib oladi.

U-18 chempionati OFK talabi bilan tashkil etiladi. Shundan kelib chiqib, Superliga va Pro liga ishtirokchi klublari mazkur yosh toifasidagi jamoani tashkil etishi shart ekani “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da belgilab qo‘yilgan. U-16 va U-14 chempionati jamoalari esa Superliganing barcha hamda Superliga va Pro liganing davlat ulushi bor korxonalar tomonidan moliyalashtirilayotgan klublari uchun majburiy etib belgilangan.

U-18 chempionatida Superliga hamda Pro liganing 24 ta klubi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bunda har bir klub jami 23 tadan uchrashuvda maydonga tushadi. Klublarning qaysi raqibga qarshi uyda va qaysi biriga qarshi safarda o‘ynashi masalasi qur’a yordamida aniqlab olinadi. Ya’ni, har bir raqib chempionat yakuniga qadar faqatgina bir martadan to‘qnash keladi.

2020 yilgi mavsumda U-18 chempionati faqatgina Superliga klublari o‘rtasida tashkil etilgan bo‘lib, pandemiya sabab o‘yinlar soni 26 tadan 13 tagacha qisqartirilgan va markazlashgan formatda o‘tkazilgandi. Aynan 2020 yilda Superliga va Pro liga tarbiyalanuvchilari o‘rtasida umumiy chempionat tashkil etish masalasi ko‘tarilgan. Bu jihat Superliga hamda Pro liga o‘rtasidagi tafovutning yildan-yilga kamayib borishi, professional klublar qoshidagi akademiya bitiruvchilari o‘rtasidagi chempionat nufuzining yildan-yilga oshib borishi uchun xizmat qiladi.

Qur’a tashlash marosimi soat 15:00da boshlanadi.

Quyida U-18 chempionatining 11-turga qadar bo‘lgan taqvim sanalari ko‘rsatib o‘tilgan.

1-tur 27 aprel

2-tur 1 may

3-tur 7 may

4-tur 15 may

5-tur 23 may

6-tur 27 may

7-tur 2 iyun

8-tur 8 iyun

9-tur 14 iyun

10-tur 21 iyun

11-tur 30 iyun

Manba: uzpfl.uz
Kiritildi: 14:30, 19.04.2021.
O'qildi: 1644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.