«Yuventus», «Inter» va «Milan» Yevropa superligasi ta’sischi klublari qatorida bo‘lishsa-da, Italiya chempionatidagi o‘z ishtiroklarini davom ettirishmoqchi.
Bugun A seriya vakillari ishtirokidagi muddatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «Yuventus», «Inter» va «Milan» vakillari ham ishtirok etishdi va ular A seriyadagi ishtirokini davom ettirishlarini ma’lum qilishdi.
Avvalroq «Atalanta», «Verona» va «Kalyari» jamoalari mazkur 3ta klubni A seriyadan chetlatish kerakligini ta’kidlashgan edi.