Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Mirjalol Qosimov: «Shabab al-Ahli» bilan bo‘ladigan o‘yinlar hal qiluvchi to‘qnashuv»

Mirjalol Qosimov: «Shabab al-Ahli» bilan bo‘ladigan o‘yinlar hal qiluvchi to‘qnashuv»

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 3-tur doirasidagi AGMK - "Shabab al-Ahli" o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.

— Bizni juda ham muhim o‘yin kutmoqda. O‘tgan o‘yinda mag‘lub bo‘lganimiz tufayli ham "Shabab al-Ahli" bilan bo‘ladigan ikki bahs hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, "Shabab al-Ahli" ham shu fikrda. Raqib ham o‘tgan tur mag‘lub bo‘ldi va har ikkala jamoa endilikda faqat g‘alaba uchun kurashadi. Guruhimizda bo‘sh jamoaning o‘zi yo‘q va oson o‘yinlar ham yo‘q. Har bir bahs muhim ahamiyatga ega. Bo‘lajak uchrashuvga tayyormiz. Futbol shunday o‘yin va unda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. O‘tgan o‘yindagi xatolarimiz xususida xulosalar qilindi, futbolchilar bilan gaplashib oldik. "Shabab al-Ahli" bilan o‘yinda xatolarni yo‘qqa chiqarishga harakat qilamiz. Yaxshi va chiroyli o‘ynab, imkon qadar ko‘proq vaziyatlar sodir etishga urinamiz.

—  "Shabab al-Ahli" bilan AGMK guruhda bir xil vaziyatda va ochkolar bo‘yicha ham tenglik. Guruhda sizlar 3-o‘rin, raqib esa 4-pog‘onada. Bu jihat ertangi o‘yinga qay darajada ta’sir qiladi?
— Har ikkala jamoa bir xil holatda. Dastlab durang o‘ynadik va o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchradik. Shu boisdan ham avval ta’kidlaganimdek, qatorasiga ikkita o‘yin har ikkala jamoa uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Bu to‘qnashuv kimnidir imkoniyatlarini oshirsa, kim uchundir imkoniyatlarni yopadi. Shu taraflama ham mazkur o‘yinlar yanada qiziq bo‘ladi.

— Mag‘lubiyat bo‘lajak o‘yinlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatadimi?
— Bu yaxshi tarafga ham yoki yomon tomonlama ham ta’sir qilishi mumkin. Xatolardan xulosa chiqargan holda bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ertangi bahsda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Maqsad muxlislarimizni xursand qilish.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 18:58, 20.04.2021.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.