Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

“Navbahor” murabbiylar shtabida yangi mutaxassislar ish boshladi

“Navbahor” murabbiylar shtabida yangi mutaxassislar ish boshladi

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, “Navbahor” so‘nggi o‘yinlarda omadsizlikka uchradi. Albatta, jamoaning bunday salbiy natijalari klub rahbariyatini qoniqtirmasdi. Shu bois, “lochinlar”ning murabbiylar shtabi kengaytirilib, yangi mutaxassislar qo‘shilishdi. Shunday qilib klubning murabbiylar shtabidan Grigoriy Kolosovskiy, Augustin Chirisa va Anton Mayeranov o‘rin olishdi.

Ushbu mutaxassislar borasida batafsilroq to‘xtaladigan bo‘lsak, Grigoriy Kolosovskiy 1971 yili 28 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi ampluasida to‘p surgan hamda  “Chirchiq” (Chirchiq), “Sverdloves” (Toshkent), “Yangiyer” (Yangiyer) va “Traktor” (Toshkent) jamoalarida o‘ynagan.

Murabbiylik faoliyatini 2012 yili “Paxtakor”da boshlab, shu kungacha Samvel Babayan hamda Viktor Jalilov bilan birgalikda “Spartak” (Yurmala, Latviya), “Lokomotiv” (Toshkent) va “Chanchun Yatay” (Xitoy) klublari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan. Kolosovskiy endi yana Jalilov bilan birga ishlaydigan bo‘ldi. 

Augustin Chirisa esa 1975 yil, 10 oktyabrda Ruminiyaning Slatina shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi pozisiyasida to‘p tepgan va asosan Ruminiya klublari, shuningdek, Ukrainaning “Karpati” hamda “Spartak Ivano-Frankovsk”, Isroilning “Xapoel Beyer-SHeva” jamoalarida ham o‘ynagan. Murabbiylik faoliyatini Ruminiyaning “Olt” klubida boshlagan. U yurtimizning “Bunyodkor” (Toshkent), “So‘g‘diyona” (Jizzax) va “Buxoro” (Buxoro) jamoalari, bundan tashqari, O‘zbekiston milliy terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Chirisa endi “Navbahor”da futbolchilar bilan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ish olib boradi. 

Anton Mayeranov 1984 yilning 18 dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Sobiq darvozabon. Futbolchilik faoliyati davomida “Traktor” (Toshkent, 2002-2005 yilning 2-davrasi, 2006 yil), “Sho‘rtan” (G‘uzor, 2006 yilning 1-davrasi), “Mash’al” (Muborak, 2007 yil), “Qizilqum” (Navoiy, 2008-2009 yillar), “Lokomotiv -2” (Rossiya, 2010 yil) jamoalari darvozasini qo‘riqlagan.

Murabbiylik faoliyatini 2017 yili AGMK (Olmaliq) klubida boshlab, mazkur jamoada ikki yil ishlagan. Keyinchalik “Lokomotiv” (Toshkent, 2019 yil) va “Chanchun Yatay” (Xitoy, 2020 yil) jamoalarida faoliyat yuritgan.

Mayeranov bundan buyon “Navbahor”da darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikovga yordam beradi. 

Mazkur murabbiylar “lochinlar”ning bugun kechki payt “Markaziy” o‘yingoh zaxira maydonida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotida bosh murabbiy Viktor Jalilovga yordam berishdi.   

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:57, 20.04.2021.
O'qildi: 2702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик