Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. «Milan» ham Superligada ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Rasman. «Milan» ham Superligada ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Milan" klubi rasmiy sayti Superliga bilan bog‘liq bayonot berdi.

"Biz Superligadan tushgan taklifni qabul qilgandik. Bunda klub va muxlislarimiz manfaati inobatga olingan edi.

O‘zgarish hamisha oson bo‘lmagan, ammo o‘sishga erishish uchun evolyusiya talab etiladi. Yevropa futbolining tizimi o‘n yillar davomida rivojlandi va o‘zgardi. Ammo, Superliga borasida jahon bo‘ylab muxlislarning xavotiri aniq bayon etildi. "Milan" esa ularning fikrlarini diqqat bilan eshitishi kerak.

Biz futbolning barqaror modeli ustida sidqidildan ishlashda davom etamiz", – deyiladi "rossoneri" tarqatgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 12ta ta’sischi-klublardan 9tasi Superligani tark etganini e’lon qildi. Hozircha bu haqda "Real", "Barselona" va "Yuventus" klublari e’lon bermadi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 17:06, 21.04.2021.
O'qildi: 2020 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик