Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Maydondagi "qora ish"ni qiladigan tayanch yarim himoyachilari haqida

Maydondagi "qora ish"ni qiladigan tayanch yarim himoyachilari haqida

Baho:
+ | -

Futbolda tayanch yarim himoyachilarning o‘rni katta. Sababi, himoyaga yaqin bo‘lgan bu chiziqda harakatlanadigan futbolchilar odatda, raqib hujumini buzish, himoya va yarim himoyadagi futbolchilar o‘rtasidagi bog‘lam vazifasini ham o‘tab beradi. Hozir esa biz sizlarga, ayni paytdgi tayanch yarim himoyachilari orasidagi eng yaxshilaridan tashkil topgan Top-10 reytingni taqdim etamiz.

10-o‘rin. Ruben Nevesh ("Vulverxemton" Portugaliya)

Ruben Nevesh 2017 yilda "Portu"dan Angliyaning "Vulverxempton" jamoasiga qo‘shilgan paytda juda yosh edi, ammo futbolchi asosan portugal tilida so‘zlashadigan APL klubiga kelib adashmagan. 3 yarim yil davomida Ruben Nuno Espirito Santush qo‘l ostida APLning eng kuchli tayanch yarim himoyachilaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda Rubenni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar ko‘payib qoldi. Neveshga "Real", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik atigi 23 yoshda ekanligini hisobga olsak, uni yaqin kunlarda top klublardan birida ko‘rishimiz mmumkin.

9-o‘rin. Rodri ("Manchester Siti" Ispaniya)

Rodrigo Ernandes hozirda 23 yoshda. U allaqachon dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan "Manchester Siti" jamoasida to‘p surmoqda. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi katta jamoa hisoblanadi. 2018 yilning yozida ispaniyalik futbolchi 25 million yevro evaziga "Vilyarreal"dan "Atletiko"ga o‘tdi. Shunday bir yil o‘tib, "matraschilar" ispaniyalik futbolchini "Manchester Siti"ga ushbu narxda sotib yuboradi. Hozirda Rodri Xosep Gvardiolaning taktik sxemasidagi muhim rol o‘ynaydigan futbolchi hisoblanadi. U allaqachon Premer-liga rekordlarini birma-bir yangilab kelmoqda. Ammo shuni ham qo‘shib qo‘yishimiz kerakki, Rodrining eng yuqori cho‘qqisi hali oldinda.

8-o‘rin. Marselo Brozovich ("Inter" Xorvatiya)

Xorvatiyalik yarim himoyachi kuchli o‘nlikka kirish uchun juda ko‘p harakat qildi. Bu mavsumda ham Brozovich Antonio Konte boshchiligidagi jamoa safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda Marselo 27 uchrashuvda maydonga tushdi va 1 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi. Bu natija tayanch yarim himoyachilari uchun yaxshi holat hisoblanadi. Sababi ularning vazifasi gol urish emas, balki ko‘proq raqib hujumlarini buzishga e’tibor qaratishadi. Xorvatiyalik futbolchi o‘zining o‘yini haqida shunday deydi: "Men hali ham himoyaviy harakatlarimni kuchaytirishim kerak. Siz esa bundan ko‘proq ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Men ko‘proq narsalarga qodirman. Ehtimol, ba’zida men to‘pni juda oson yo‘qotib qo‘yarman, ammo jamoamga muhim paytda yordam berishga tayyorman."

 

7-o‘rin. Jorjinyo ("Chelsi" Italiya)

Terma jamoa miqiyosida Italiya bayrog‘i ostida o‘ynaydigan asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan Jorjinyo Maurisio Sarri bilan "Stemford Brij"ga kelgandi, ammo futbolchi murabbiyiga qaraganda uzoqroq klubda qoldi. Keyinchalik, "Chelsi" boshqaruviga Frenk Lempard kelganidan so‘ng, taktik jihatdan kelib chiqib italiyalik futbolchi jamoa zaxirasida qolaverdi, ammo shunday bo‘lsada hozirda mazkur futbolchi reytingimizning 7-o‘rinidan joy olgan. Sababi "Chelsi"ni ayni paytda Tomas Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarmoqda va Jorjinyo hozirda deyarli APL doirasidagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushmoqda.


6-o‘rin. Tomas Parti ("Arsenal" Gana)

"Atletiko"ning o‘yin uslubi Tomasni to‘liq rivojlanishi uchun imkon bermagan. Shuning uchun ganalik futbolchi joriy mavsumdan Londonning "Arsenal" jamoasi safiga qo‘shildi. Ushbu mavsumda tomas "kanonirlar" safida 18 marta maydonga tushib, jamoasiga yordam berib kelmoqda. Parti maydonda turli xil ishlarni amalga oshirishga qodir, ayniqsa afrikalik futbolchi nafaqat to‘pni qabul qilishda, balki hujumni rivojlantirishda ham yetakchilik qobiliyati bor. O‘tgan yilgi YECHL musobaqasi doirasidagi "Atletiko" va "Liverpul" bahsini eslang! Ayni paytda Tomas eng "Arsenal" bilan Yevropa Ligasida ham munosib qatnashmoqda va mazkur musobaqada munosib qatnashmoqda.

5-o‘rin. Fabinyo ("Liverpul" Braziliya)

Fabinyo 2018 yilda, "Monako" jamoasi safidan Angliyaning "Liverpul" klubi safiga qo‘shildi. U zudlik bilan "mersisaydlar"ga jamoasi tarkibiga ko‘nikib keta olmadi. Ammo asta-sekin braziliyalik, hujumlarni to‘xtatish borasida o‘z o‘yinini topib bordi. O‘z o‘rnini braziliyalik Yurgen Klopp jamoasida baxtini topdi deyish mumkin. Sababi mazkur futbolchi "Liverpul" bilan APLda chempion bo‘lishga erishgan bo‘lsa, Yevropa Chempionlar Ligasida ham bosh sovringa ega chiqishga erishdi. Mazkur musobaqalarda Yurgen Klopp jamoasining muvaffaqiyat qozonishida Fabinyoning ham mehnatlari juda katta.

4-o‘rin. Serxio Buskets ("Barselona" Ispaniya)

"Barselona" yarim himoyachisiga hech qanday kirish qism kerak emas: Biz Jahon va Yevropa chempioni, Chempionlar Ligasining g‘olibi, qolaversa shu kabi bir qancha musobaqalar g‘olibi hisoblanadi. Ha, Serxio tez orada 33 yoshga to‘ladi va u allaqachon faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlarni o‘tkazishga ulgurgan. Buskets "Barsa" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va hozirgacha mazkur jamoa tarkibida o‘ynab kelmoqda. Serxio tayanch yarim himoyachilar orasidagi eng tajribalisi va sovrindorlaridan biri hisoblanadi.

3-o‘rin. Yozua Kimmix ("Bavariya"; Germaniya)

Iste’dodli futbolchi "Baavariya"ning kelajaklaridan biri hisoblanadi. Sababi futbolchi "nemis mashinasi"ning eng ishonchli vakillaridan biridir. U nafaqat Germaniya Bundesligasi, balki Germaniya milliy terma jamoasining ham yetakchi futbolchilaridanbiri sanalanadi. Kimmix o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida ham o‘ndan ortiq uchrashuv o‘tkazgan, ammo o‘tgan mavsumdan boshlab Yozua maydon markazidagi pozisiyaga e’tibor qaratishni boshladi. Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi ichki chempionatda 23 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan.

2-o‘rin. Ngolo Kante ("Chelsi" Fransiya)

Ngola Kante 2018 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi. Lekin ushbu futbolchi bu darajaga erishguncha juda ko‘p qiyinchilikka erishgan. Kante sayyoramizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Garchi ushbu mavsumda "Chelsi"da ikki marta murabbiy almashgan bo‘lsada, fransuz yarim himoyachisi jamoaning asosiy figuralaridan biri bo‘lib kelmoqda. Kante chaqqon, matonatli va o‘yinni oldindan ko‘ra oladigan futbolchi hisoblanadi.

1-o‘rin. Kazemiro (Real Madrid Braziliya)

Kazemiro qashshoqlikdan qirollik darajasiga erishgan futbolchi hisoblanadi. Sababi "Real" yarim himoyachisining bolaligi juda abgor ahvolda o‘tganini bilsangiz kerak. Yetti yil oldin Kazemiro "San-Paulu"dan 6 million yevro evaziga "qaymoqranglilar"ga ko‘chib o‘tgan, dastlabki yillarida "Kastilya"da o‘ynagan. Keyinchalik yorqin o‘yinlaridan so‘ng, Madrid jamoasining asosiy tarkibiga ham jalb qilinishni boshlagan. Ammo, Kazemiro bir mavsum davomida "Portu"ga ijaraga berildi, sababi o‘sha paytda "qirollik klubi"da bir nechta yetakchi o‘yinchilar bor edi. "Real"ga qaytganidan so‘ng, jamoada muqim o‘rnini topdi va hozirgacha asosiy tarkibdagi o‘rnini hech kimga bermasdan kelmoqda. Kazemiro jismonan baquvvat va himoyadagi "tozalash" ishlarini bajaradi. U taktik jihatdan mukammal tayyorlanadi va o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini biladi. Kazemiro "Real" safida muhim gollarni urgan va xavfli vaziyatlarda "qaymoqranglilar"ni gollardan saqlab qolgan.

Kiritildi: 17:15, 21.04.2021.
O'qildi: 3433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.