Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

AGMK: Iroda, xarakter, "kambek" va tarixiy g‘alaba

AGMK: Iroda, xarakter, "kambek" va tarixiy g‘alaba

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 3-tur doirasidagi AGMK - "Shabab Al Ahli" o‘rtasidagi o‘yinda jamoamiz tarixiy g‘alabani tantana qildi.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida markazlashtirilgan holda o‘tkazilayotgan "A" guruh o‘yinlarida jamoamiz birinchi davradagi so‘nggi bahsni Dubayning "Shabab Al Ahli" kollektiviga qarshi o‘tkazdi. Ilk turda "Al Hilol" bilan durang, ikkinchi turda esa "Istiqlol"ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin AGMK uchun ortga yo‘l qolmagandi. Musobaqaning pley-off bosqichiga chiqish uchun kurashayotgan jamoamiz uchinchi turga kelib OCHL guruh bosqichidagi dastlabki g‘alabasini aynan mazkur dramatik bahsda nishonladi.

Birinchi bo‘limda o‘yinda tenglik kuzatildi. Zafar Polvonov o‘yin debyutida jamoamizni hisobda oldinga olib chiqishga yaqin kelgandi. Ammo Polvonovning tepgan to‘pini raqib posboni qaytarib yuborishni uddaladi. "Shabab Al Ahli" esa 28-daqiqada tashkil etilgan hujumni samarali tugatdi. Bu vaziyatda Ahmed Alhashmi jarima maydonchasiga oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Tanaffusga qadar jamoamiz muvozanatni tiklashi mumkin edi. Biroq Fortesning ajoyib harakatlaridan keyin tepgan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga esa Kasyan zarba berishda biroz kech qoldi.

Ikkinchi taym startida ham muvozanat tiklanishi mumkin edi. Lekin Sanjar Tursunovning jarima maydonchasi atrofidan yo‘llagan zarbasiga salgina aniqlik yetishmadi. Shundan so‘ng Sanjar Shoahmedov va Husniddin G‘ofurovning zarbalaridan keyin ham "Shabab Al Ahli"ni darvoza ustuni qutqardi. "Shabab Al Ahli" tomonidan sodir etilgan ikkita xavfli hujum va bir jarima zarbasini Suhrobjon Sultonov mahorat ko‘rsatib bartaraf etishni uddasidan chiqdi. AGMK esa qator yaratilgan vaziyatlardan so‘ng  baribir nihoyat golga munosib ekanliklarini isbotladi.

Uchrashuvning 87-daqiqasida G‘ofurovning tepgan to‘pidan keyin ikkinchi tempda hujumni rivojlantirgan jamoamiz baribir maqsadiga erishdi. Toshmatov uzatgan to‘pni Kasyan Jokich tarafga boshi bilan yo‘naltirdi, Yovan esa darvoza to‘rini ishg‘ol qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan birinchi daqiqada jamoamiz super kambekni amalga oshirib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirishga erishdi.

Jokich jarima maydonchasi oldida to‘pni qabul qilib, uni G‘ofurov tomon uzatdi. Husniddin esa aqqli pas orqali chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Akrom Komilovni to‘p bilan ta’minladi. Komilov esa o‘ylab o‘tirmasdan o‘tkir burchakda bo‘lishiga qaramasdan darvozabonning yaqin burchagidan to‘pni o‘q uzgandek tepdi va jamoamizga tarixiy g‘alabani taqdim etuvchi golga mualliflik qildi.

Guruhdagi narigi o‘yinda "Al Hilol" "Istiqlol" bilan bellashdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa guruhda "Al Hilol" 7 ochko bilan peshqadam, "Istiqlol" va AGMKda esa 4 ochkodan mavjud. Birinchi davra o‘yinlaridan so‘ng guruh autsayderi esa 1 ochko jamg‘argan Dubayning "Shabab Al Ahli" jamoasi bo‘lib turibdi. Keyingi tur o‘yinlari 24 aprel kuni o‘tkaziladi va unda aynan ushbu jamoalar o‘zaro javob bellashuvlarida kuch sinashishadi.


OCHL, guruh bosqichi.
"A" guruhi, 3-tur.
21 aprel, chorshanba.
AGMK — "Shabab Al Ahli" 2:1
Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.
Hakamlar: Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn), Mahmud Abu Toxir, Obid Oqil (ikkisi Iordaniya), Qosim Al Xatmi (Ummon).
Gollar: Jokich (87), Komilov (90) - Alhashmi (28)
AGMK (4-3-3) — 32.Suhrob Sultonov - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 75), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 75) - 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 9.Zafar Polvonov (18.Aleksandr Kasyan, 30), 28.SHohruh Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 79).
"Shabab Al Ahli": 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis (21.Muhammad Jobir, 76), 3.Karlos Eduardo, 4.Muhammad Marzuq, 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 9.Abdulaziz Haykal, 15.Abdalla Al Naqbi, 34.Xarib Abdalla (78.Eyd Hamis, 82), 77.Ahmed Al Hashmi (99.Igor Jesus 82), 88.Majid Hassan.
Ogohlantirish: Jokich (27), Rahmonov (55), Komilov (58), Yo‘ldoshev (90).

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 06:30, 22.04.2021.
O'qildi: 4572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.