Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Yevropa Superligasi g‘oyasi nega muvaffaqiyatsizlikka uchradi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Yevropa Superligasi g‘oyasi nega muvaffaqiyatsizlikka uchradi? - Diyor Imomxo‘jayev javob berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Taniqli futbol mutaxassisi Diyor Imomxo‘jayev trendda bo‘lgan mavzuga o‘z munosabatini bildirdi.

"Evropa Superligasi g‘oyasi hech bo‘lmasa milliy assosiasiyalar bilan muhokama qilinganida edi, uning muvaffaqiyatiga nisbatan ishonsa bo‘lardi.

Sababi bugungi kunda Yevropa Chempionlar ligasi istaysizmi, yo‘qmi milliy chempionatlar raqobatiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Angliyada kuchli to‘rtlik uchun kurash nega dahshatli, chunki klublar Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun o‘lib-tiriladi.

Peres chizib bergan mexanizmga esa 12 ta klub rozilik bildirdi. Albatta ularning safi oshib borishi mumkin edi. Biroq bunda klublarning o‘z ichki chempionatida qayd etgan natijasidan kelib chiqilishiga urg‘u berilmagan. Shunday bo‘lgach, 12 ta klub orasiga kirmaganlarga tabiiyki alam qilardi, o‘zlari o‘ynamayotganliklari uchungina emas, shunchaki yuqoridagi 12 klubning raqobatdan sekin-asta chiqishi, qolgan klublarning ichki chempionatdan qilayotgan daromadlarini ham pasaytirib yuborishi mumkin edi.

Masalaga Boris Jonson kabi kattalarning aralashishida ham shu narsa yotibdi. APL juda katta daromad qiladi. Men bunda faqatgina klublarnigina nazarda tutayotganim yo‘q. Uning atrofida qirollikning o‘zi ham juda katta aylanmalarni ushlab turadi. Demak, bunday joyda futbol faqatgina sport turi bo‘la olmaydi, bu yerda futbol katta siyosat. Ya’ni, u yerlarda siyosat futbolga umuman aralashmasada, juda pojar vaqtda baribir bo‘y ko‘rsatadi, bu yana bir karra isbotlandi.

Agar kamida 5 ta milliy assosiasiya o‘z klublari uchun alohida Superliga g‘oyasini o‘rtaga tashlaganida edi, bu tarafning vajlari ham ancha kuchli bo‘lardi. Ya’ni, UYEFA terma jamoalar ishtirokidagi musobaqalarni bemalol o‘tkazishi mumkin. Chempionatlar o‘z raqobatlarini nafaqat saqlab qolishadi, balki bir qadar kuchaytirib ham olishadi. Mashhur bo‘lib ketgan o‘sha 12 ta klubning 80 foizi shundoq ham Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan klublar. Ular qatoriga Fransiya, Germaniyaning ham top klublari qo‘shilishi mumkin. Ya’ni, UYEFA Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya jamlanmasi bilan o‘ylab muomala qilishga majbur bo‘lardi.

Superliga talabgorlari pandemiya klublarga katta iqtisodiy zarar keltirganini UYEFA tomoniga tushuntirib, hatto u bilan o‘zaro hamkorlikda kuchli beshlikning alohida klublar musobaqasiga vaqtincha asos solish sharti bilan, keyinchalik uni doimiyga aylantirish olishlariga jilla qursa ishonish mumkin edi. Ya’ni, UYEFAning termalar musobaqasi aziyat chekmasdi, ligalar o‘z yo‘nalishida davom etardi, hatto muxlislar ham masalaga xayrixohlik bilan yondoshishardi katta ehtimol. Chunki ular hech narsa yo‘qotishmasdi, ularga ham MYU yoki Realning Bryugge yoki Spartak bilan o‘yinlari juda qiziq emas.

Bu ishlar UYEFA uchun juda katta ogoh qo‘ng‘irog‘i. Tashkilot Millatlar ligasi kabi o‘ta hom loyihalar bilan o‘ralashib qolaverishi oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki boylarning bolasi och qolaverar ekan, vaziyat keskinlashaveradi. Peresning chaqirig‘i shunisi bilan xavfli, u baralla biz moddiy tomonlama katta talofat ko‘rdik, o‘zimizni qutqarishimiz kerak deyapti va uni Yevropaning 12 grandi qo‘llab-quvvatlayapti. Masala vaqtincha hal bo‘ldi, buyog‘iga dahshatli muzokaralar boshlanadi, urush endi stol atrofida kechadi", - deydi mutaxassis o‘z telegram kanalida.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 09:41, 22.04.2021.
O'qildi: 2590 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.