«Vulverxempton» bosh murabbiyi Nunu Santu yozda jamoani tark etishi mumkin.
Bu haqda Britaniya matbuoti xabar beradi.
Rahbariyat uning ishlaridan qoniqish hosil qilmayapti. «Bo‘rilar» allaqachon pirtugalning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatini shakllantirgan. Ularning orasida Vitor Pereyra, Ruy Fariya hamda Brunu Laje nomlari bor.
Eslatib o‘tamiz, Santuning klubdagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.