Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mirjalol Qosimov: «O‘zimizning ayanchli xatolarimiz evaziga yutqazdik»

Mirjalol Qosimov: «O‘zimizning ayanchli xatolarimiz evaziga yutqazdik»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Shabab al-Ahli"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:3) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Avvalambor, Assalomu alaykum. Juda ham muhim o‘yin edi. Har ikkala jamoa uchun bugungi bahs ahamiyati yuqori edi. Futbolchilarga ham mazkur o‘yin ahamiyati naqadar kattaligini tushuntirgandik. O‘yindan avval ham aytgandim, ekvatordan o‘tdik va mazkur uchrashuvdan yaxshi o‘tvolsak, keyingi imkoniyatlarimiz yaxshilanishi haqida ta’kidlagandim. O‘zimiz aybdormiz. 12-daqiqadayoq hisobda ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgandik. Bunaqangi fora bilan o‘ynash kerak emas. O‘zimizning ayanchli xatolarimiz evaziga yutqazdik. G‘alaba bilan esa "Shabab al-Ahli"ni tabriklayman.

— O‘yindan oldin buyog‘iga futbolchilarda jismoniy toliqish ham bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib o‘tgandingiz. Bugungi bahsda shu narsa pand berdimi?
— Charchoq emas, balki tezkor gollar ta’sirini ko‘rsatdi. Hisobda 2:0 ortda borayotganda gol bilan javob berib, o‘yinda yomon harakatlanmayotgandik. Biroq uchinchi gol jamoaga ruhan ta’sir qildi. Lekin jismonan jamoamiz holati yomon emas. Yutqazayotganda esa shoshqaloqliklar ruy berib, xatolar ko‘paydi. Bu yerda jismoniy holat emas, jamoaning ruhiyati tushib ketdi.

— Guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Istiqlol"ning g‘alabasi guruhdagi barcha jamoalarning pley-offga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoldi. Keyingi uchrashuvlarda jamoani qanday tayyorlamoqchisiz?
— Bu o‘yin tarixga kirdi. Jamoa jismonan tayyor. Ikki kun ichida jamoani ruhan bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorlashga harakat qilamiz. Oldimizda ikkita qiyin o‘yin turibdi. Agarda bugun yaxshi natija ko‘rsatganimizda, ishimiz yengilroq bo‘lardi. Lekin amalga oshirib bo‘lmaydigan ishni o‘zi yo‘q. Oxirigacha harakat qilamiz.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 09:36, 25.04.2021.
O'qildi: 3236 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.