Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Abdumavlon Abdujalilov: «Ayni damda faqat g‘alabalarni o‘ylash kerak»

Abdumavlon Abdujalilov: «Ayni damda faqat g‘alabalarni o‘ylash kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogida «Turon» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin «Lokomotiv» posboni Abdumavlon Abdujalilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– Bugun ilk marta quruq o‘yin o‘tkazdingiz. O‘yindan taassurotlar qanday?
– Rostdan ham, quruq o‘yin o‘tkazish juda ajoyib. Jamoa nechta gol urishidan qat’i nazar o‘z darvozasining daxlsizligini saqlab qolishga harakat qiladi. Ayniqsa, o‘zimizning stadionda buni bajarish ajoyib. Bu yerda o‘ynash doimo yoqimli. O‘yindan faqatgina ajoyib taassurotlar va yaxshi kayfiyat qoldi.

– Ketma-ket ikki o‘yinda maydonga tushdingiz. Demak, Javohir Ilyosov bilan raqobat juda kuchli bo‘ladimi?
– Biz professional klubda o‘ynaymiz. Demak, har bir chiziqda yuqori klassdagi futbolchilar o‘ynashadi. Men ham, Javohir Ilyosov ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilyapmiz. Futbolchilarning sof raqobati – juda ajoyib holat.

– Jamoa yaxshi odimlamoqda. Ketma-ket 4 g‘alaba. Ammo mavsumni unchalik yaxshi boshlay olmagandik. Bu g‘alabalar jamoaga katta maqsadlar uchun kurashishida ko‘proq kuch beradimi?
– Mavsum startida hamma shu haqida gapirdi. Ha, shunday bo‘lib qoldi. Mavsumni juda yomon boshladik. Ammo hozirda pog‘onalar haqida emas, balki oldimizdagi har bir bahsda yutishni o‘ylashimiz kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:16, 25.04.2021.
O'qildi: 2239 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик