Jonatan KLINSMANN
Yoshi: 23 yoshda
Fuqaroligi: AQSH / Germaniya
Klubi: "Los-Anjeles Gelaksi"
Otasi: Yurgen Klinsmann
Jonatan Klinsmann 1997 - yilning aprel oyida taniqli nemis hujumchisi Yurgen Klinsmannning oilasida tug‘ilgan, mahoratli sobiq futbolchi o‘sha paytda Myunxenning «Bavariya» jamoasida to‘p tepardi. O‘sha paytga kelib, katta Klinsmann 33 yoshda va futbolchilik karerasini yakunlash arafasida edi. 1998 - yilga mahoratli hujumchi butsalarini mixga ilib qo‘yishga qaror qildi. Shundan so‘ng, oila-a’zolari bilan AQSHga ko‘chib o‘tdi. Jonatan esa futbol sir-asrorlarini shu yerda o‘rganishni boshladi.
Otasidan farqli o‘laroq, kichkina Klinsmann darvozabon pozisiyasida to‘p tepishni ma’qul ko‘rdi. Jonatan Klinsmann futbol olamida o‘z so‘zini aytib ulgurmagan. 2017 - yilda u «Gerta» bilan shartnoma imzolab, Yevropaga ko‘chib o‘tdi, lekin Berlin jamoasining asosiy tarkibidan joy ololmadi. Shu sababli Shveysariyaning «Sankt-Gallen» jamoasiga borib qo‘shildi. Ammo shveysariyaliklar tarkibida ham ishlari ko‘ngildagidek bo‘lmadi, chog‘i, 2020 - yilning avgust oyida yana Amerikaga qaytishga qaror qildi. Ayni paytda Jonatan «Los-Anjeles Gelaksi» jamoasi a’zosi hisoblanadi. Biroq, kichik Klinsman mazkur jamoada ham zaxira darvozaboni sifatida qaraladi. Balki, u baxtini futbolda emas, boshqa sohada topar, yana bilmadik.
Federiko KEZA
Yoshi: 23 yoshda
Fuqaroligi: Italiya
Klubi:«Yuventus»
Otasi: Enriko Kyeza
23 - yoshli Federiko Kiyeza - «Sampdoriya», «Parma», «Fiorentina» va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchi bo‘lgan Enriko Kyezaning o‘g‘li. Kichkina Kyeza 2020 - yilning oktyabr oyidan boshlab «Yuventus»ga «Fiorentina»dan ijara asosida o‘tdi. Agar, futbolchi turinliklar safida muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatsa, 2022 - yilning yozida sotib olish sharti bilan bitim imzolandi. Fediriko Italiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida to‘p tepgan. 2017 - yildan esa asosiy jamoaga ham chaqiruv olayotgan yosh hujumchi, «ko‘klar» safida hozirgacha bir qancha uchrashuvlarda maydonga tushib ulgurdi. Bundan tashqari , katta Kyeza faoliyati davomida hech qachon Italiya chempioniga aylanmagan, ammo uning o‘g‘li «Yuventus» futbolchisi bo‘lganligi uchun kelajakda A seriya oltin medallariga ega bo‘lish uchun yaxshi ancha yuqorligini aytib o‘tish kerak. Hozirgacha, Fediriko «keksa sinyora» bilan Italiya superkubogida g‘alab qozongan. Qolaversa, «Yuventus» safida barcha musobaqalar doirasida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol muallifiga ham aylanib ulgurgan. Transfermarkt sayti tomonidan ayni paytda kichik Kyezaning narxini 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Demak, shulardan xulosa qilish mumkinki, o‘g‘ilning otaga qaraganda futbolda ancha ishlari yurishgan ko‘rinadi.
Jovanni REYNA
Yoshi: 18 yoshda
Fuqaroligi: AQSH / Portugaliya
Klubi: «Borussiya Dortmund»
Otasi: Klaudio Reyna
Jovanni Reyna - argentina va amerika fuqoroligini olgan taniqli futbolchi Klaudio Reynaning o‘g‘li, Jovannining otasi Bundesliganing «Bayer» va «Volfsburg» jamoalarida, shuningdek, APL vakllari bo‘lgan «Sanderlend» va «Manchester Siti» kabi klublar safida to‘p tepgan. , AQSH milliy terma jamoasi safida 112ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘ygan.
Jovanni Amerikaning Nyu-York shahrida joylashgan futbol akademiyada futbol o‘ynash qoidalarini o‘rgangan, u yerda ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, Dortmundning «Borussiya» jamoasi skautlari uni payqab qolishgan. Kichik Reyna hali 17 yoshga kirmasdan turib, 2019 - yilning yozida AQSHdan, Germaniyaga ko‘chadi. U 17 yosh, 2 oy-u 5 kunligida Bundesliganing "Augsburg" jamoasiga qarshi debyut uchrashuvini o‘tkazadi (5-3). Ayni paytda Jovanni atigi 18 yoshda, ammo u allaqachon Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy terma jamoasi safida 2ta o‘yin o‘tkazgan va 1 gol urishga ham erishgan. Shuningdek, Jovanni haqli ravishda «Borussiya Dortmund»ning futbolchilari orasida reytingi yuqori futbolchilar qatorida turadi.
Jordan LARSSON
Yoshi: 23 yoshda
Fuqaroligi: Shvesiya
Klubi: «Spartak» Moskva
Otasi: Henrik Larsson
Jordan 1997 yil iyun oyida Shvesiyaning Rotterdam shahrida tug‘ilgan, uning otasi Henrik Larsson «Feynoord» safida o‘ynagan. Keyinchalik, Gollandiya jamoasidan so‘ng, Henrik Shotlandiyaning «Seltik» klubiga o‘tadi. Shotlandiyaliklar safida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlar, uni «Barselona» tomonga olib boradigan yo‘l vazifasini o‘tab beradi. Bu esa uning karerasining ajoyib bosqichi hisoblanadi.
2004 yildan 2006 yilgacha «Barselona» safida to‘p tepgan bo‘lsa, bu paytda uning o‘g‘li Jordan kataloniyaliklar akademiyasida futbol saboqlarini olgan. O‘shndan keyin, kichik Larsson vatani Shvesiyaga qaytib keldi, u yerning mahalliy «Xegaborg» jamoasida professional darajadagi birinchi qadamlarini qo‘yishni boshlaydi. O‘zini mazkur jamoa safida juda yaxshi ko‘rsata olgan bo‘lsa kerak, 2019 - yilning yozida Jordan Larsson 4 million evro evaziga Moskvaning «Spartak» klubiga ko‘chib o‘tdi va u yerda o‘ynashni boshlaydi. Hozirchagacha u Shvesiya terma jamoasi safida 5 ta uchrashuv va 1 ta gol mavjud, bu esa uning otasi Henrikning 104ta o‘yinda kiritgangan 37ta golning yarmiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Ammo kichkina shvedni hali yoshligini hisobga olsak, uning terma jamoa safidagi yorqin o‘yinlari hali oldinda.
Timoti VEA
Yoshi: 20 yoshda
Fuqaroligi: AQSH / Fransiya
Klubi: «Lill»
Otasi: Jorj Vea
Timoti Vea Liberiya terma jamoasining sobiq hujumchisi «Monako», «PSJ» va «Milan» safidagi ajoyib o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan, Jorj Veaning o‘g‘li bo‘ladi. Faoliyati davomida Jorj Vea ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Futbolni tark etgandan so‘ng, katta Vea siyosat yo‘lidan ketadi va ayni paytda Liberiya prezidenti hisoblanadi.
Timoti Veaga kelsak, u hatto Liberiya fuqaroligiga ham ega emas. U AQSHda tug‘ilgan va 14 yoshida «Pari Sen-Jermen» akademiyasida futbol bo‘yicha boshlang‘ich ta’limni olgan bo‘lsa ham, parijliklar safida hech qachon maydonga tushmagan. 2019 - yil yozida «PSJ» a’zolari Liberiya prezidentining o‘g‘lini Fransiyaning «Lill» jamoasiga 10 million yevro evaziga sotib yuboradi. Hozirda 90 - yillarning oxiridagi taniqli to‘purarning o‘g‘li sifatida o‘ynayotgan Timoti fransiyaliklar safida, o‘zini imkon qadar yaxshiroq ko‘rsatishga harakat qilmoqda, Lekin Vea zaxiradan maydonga tushadigan futbolchi hisoblanadi.
Daniyel MALDINI
Yoshi: 19 yoshda
Fuqaroligi: Italiya / Venesuela
Klubi: «Milan»
Otasi: Paolo Maldini
Daniyel Maldini nafaqat Paoloning o‘g‘li, balki uning bobosi Chezarening ham izidan borgan. To‘g‘ri, afsonaviy qarindoshlaridan farqli o‘laroq, kenja Maldini himoyada emas, balki hujumkor yarim himoyachi pozisiyasida o‘ynaydi. Asosan markazda harakat qilsa ham , ba’zan qanot futbolchisi vazifasini ham yaxshi uddalaydigan universal futbolchi hisoblanadi. Daniyel futboldagi faoliyatini 9 yoshida boshlagan «Milan» akademiyasidan, asosiy jamoasiga qadar ancha qiyin va uzoq yo‘lni bosib o‘tdi.
Daniyel Maldini A seriyadagi debyutini 2020 - yil 2 - fevralda, «Verona»ga qarshi o‘yinda (1: 1) zaxiradan maydonga tushib, amalga oshirgan. O‘shandan keyin «Milan» safida bor yo‘gi bir nechta uchrashuvlardagina maydonga tushgan, xolos.
Jastin KLYUYVERT
Yoshi: 21 yosh
Fuqaroligi: Gollandiya / Surinam
Klubi: «Leypsig»
Otasi: Patrik Klyuyvert
Jastin - «Barselona» jamoasining taniqli hujumchisi va Niderlandiya terma jamoasi sobiq a’zosi Patrik Klyuyvertning o‘g‘li. Patrikning faoliyatidagi eng yaxshi davrlari 90 yillarning oxiri va 2000 yillarning boshlarida bo‘lgan. Otasi singari, Jastin ham «Ayaks» akademiyasida futbol bo‘yicha dastlabki ta’limni oladi. Aynan, Amsterdam klubi tarkibida kichik Klyuyvert vinger sifatida o‘ynab o‘zini ko‘rsata oldi va natijada 2018 - yilning yozida «Roma» umidli yarim himoyachi uchun «Ayaks»ga 17 million yevrodan ko‘proq pul to‘lab berdi.
Ammo Jastin «Roma»da o‘z o‘rnini topa olmadi va ushbu mavsum boshida «bo‘rilar» futbolchini ijaraga berib yuborishga qaror qilishdi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha biroz tajribasi bo‘lgan, Germaniyaning «Leypsig» jamoasi futbolchini o‘z tarkibiga jalb etdi. Bundesligada ham kichkina Klyuyvert yetakchi emas, shunchaki zaxiradan maydonga qo‘shiladigan futbolchi hisoblanadi. «Leypsig» bu yozda Jastinning shartnomasini «Roma»dan to‘lig‘icha sotib oladimi, yoki yo‘qmi bu esa, noma’lum.
Markus TYURAM
Yoshi: 23 yoshda
Fuqaroligi: Fransiya
Klubi: «Borussiya M»
Otasi: Lilian Tyuram
Markus Tyuramning otasi Lilian «Parma», «Yuventus», «Barselona» va Fransiya terma jamoasida tarkibida bir qancha cho‘qqilarni zabt etgan. Ota himoyada o‘ynashni afzal ko‘rgan bo‘lsa, Markus chap qanot hujumchisi sifatida to‘p tepib keladi. Voris futbolchi professional faoliyati «Sosho»da boshlangan va u yerdan 600 ming yevro yevaziga «Gengam»ga ko‘chib o‘tgan. Oradan atigi ikki mavsum o‘tib, fransuzlar jamoasi kichik Tyuramni Germaniya jamoasi, Myunxengladbaxning «Borussiya»sigaga 9 million yevroga sotib yuborishdi.
Markus Tyuram 2019 - yil yozidan beri «Borussiya» jamoasida o‘ynab kelmoqda va bu jamoa joriy yildagi mavsumda Chempionlar Ligasida shov-shuv ko‘targanida, Tyuram ham tarkibda bor edi. O‘tgan yilning oxirida Markus Fransiya terma jamoasida ham debyut qildi. Uning otasi Lilian esa 14 - yil ichida 142 uchrashuv o‘tkazgan. Bu ota-bolani Tyuramlarni o‘yin o‘tkazish va sovrinlar yutish bo‘yicha taqqoslab bo‘lmasada, otaning ham muvaffaqiyatlari aynan 23 yoshidan so‘ng amalga oshgan.
Yanis XADJI
Yoshi: 22 yoshda
Fuqaroligi: Ruminiya / Turkiya
Klubi: «Reynjers»
Otasi: Georgiy Xadji
Yanis 1998 - yilning oktyabr oyida tug‘ilgan. Bu uning otasi Georgiy Xadji «Galatasaroy»da o‘ynab yurgan paytga to‘g‘ri kelgan. Mazkur jamoa Georgiy uchun faoliyatidagi so‘ngi jamoa bo‘lgan, shundan so‘ng butsasini mixga ilgan. Ammo turk klubi bilan 1999/2000 - yil UYEFA Kubogi va 2000 - yil UYEFA Superkubogini shov-shuvli tarzda yutdi. Bungacha katta Xadji Ispaniyaning ikki grand jamoasi «Real» va «Barselona» safida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.
Uning o‘g‘li Yanis Xadji esa 2019 - yildan Shotlandiyaning «Reynjers» jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Italiya va Belgiyaning yetakchi jamoalarida ham o‘ynagan futbolchi, Ruminiya terma jamoasi safidagi debyutini 2018 - yilda amalga oshirgan. Steven Jerard boshqaruvidagi «Reynjers» safida ikki mavsum davomida 33 marta maydonga tushib 6 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan.
Isaak DROGBA
Yoshi: 20 yoshda
Fuqaroligi: Fransiya / Kot-d'Ivuar
Klubi: «Folgore Karatese»
Otasi: Didye Drogba
Afrikalik afsonaviy hujumchi Didye Drogbaning 20 yoshli o‘g‘li Isaak Parijda tug‘ilgan. Otasidan farqli o‘laroq Isaak futbolda unchalik taniqli emas. Garchi, otasi kabi hujum chizig‘ida to‘p tepsa ham, qanotlarda ham ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. Isaak Drogba «Chelsi» akademiyasini tugatgandan so‘ng, 2018 - yilda "Gengam" safiga ko‘chib o‘tadi. U yerda avval yoshlar jamoasida, so‘ngra o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynaydi. 2020 - yil yozida "Gengam" Isaak Drogbani erkin agent sifatida qo‘yib yuboradi. Shundan so‘ng, yosh futbolchi olti oydan ko‘proq vaqt davomida yangi klub topa olmadi, ammo fevral oyining boshida u Italiya D seriyasi vakili "Folgore Karatese" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashga erishdi. Shu sababli, Isaakning kelajakdagi faoliyati qanday rivojlanadi va u futbolda otasining hayotiy yo‘lini takrorlay oladimi, yoki yo‘qmi bu noma’lum. Shuni ta’kidlash mumkinki, Didye Drogba 20 yoshida zo‘rg‘a o‘ziga jamoa topgan bo‘lsa, 24 yoshida "Gengam" safiga, 25 yoshida esa "Marsel"ga ko‘chib o‘tgan. Faoliyatidagi eng omadli bo‘lgan "Chelsi" safiga esa 26 yoshida debyut qilgan.
Jamshidjon Mahmudov