Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Gvardiola Angliyada tengsiz

Gvardiola Angliyada tengsiz

Baho:
+ | -

Hozirgina Pep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» jamoasi Angliya Liga kubogi final uchrashuvida Londonning «Tottenxem» jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, mazkur musobaqa oltin medallariga ega chiqdi.  Ispaniyalik mutaxasis  murabbiylik faoliyatidagi 30 - sovriniga ega chiqdi va o‘ziga xos natija qayd etdi. Hozir esa biz sizlar bilan Pep Angliyaga kelgandan keyingi amalga oshirgan bir qancha rekor natijalar, shuningdek murabbiy haqidagi birdan-bir qiziqarli faktlarni sizlarga taqdim etamiz.

 

 Ikkinchi o‘rin bilan oradagi farq

2017/18 yilgi mavsumda "shaharliklar"ning chempion bo‘lishi mavsum yakunlanmasdan aniq bo‘lib ulgurgandi. Mavsum davomida 100 ochko to‘plagan "Man. Siti" eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan "Manchester Yunayted" jamoasidan 19 ochko ko‘p jamg‘argan holda, oltin medallarga ega chiqqan. Bu ochkolar o‘rtasidagi farq APL doirasidagi rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bungacha hech qaysi jamoa bunday katta farq bilan chempion bo‘lmagan.

Mavsumda eng ko‘p ochko ishlash

2017/18 yilgi mavsum manchesterliklar uchun haqiqatdan omadli kelgan, chunki APLning ko‘plab rekordlarini yangilashning uddasidan chiqqan. "Manchester Siti" 38 uchrashuvning 32 martasida g‘alaba qozonib, 4 ta uchrashuvda durang qayd etishgan holda 100 ochkoni qo‘lga kiritishgan. Bu nafaqat APLda, balki qolgan ko‘plab kuchli chempionatlarda ham kamdan-kam uchratiladigan holat.

Eng ko‘p oy murabbiyi

Pep Gvardiola "shaharliklar" postiga kelgandan so‘ng, naq 9 marta oyning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgan. Bungacha hech qaysi murabbiy bunday yutuqqa erishmagan. Albatta, bunda jamoaning mehnati ham bor, ammo klub qanday o‘yin ko‘rsatishi murabbiyga ham bog‘liq, bizningcha.

Mavsumda eng ko‘p to‘p kiritish

Gvardiola "Man. Siti" murabbiyi etib tayinlanganidan ikkinchi yilida jamoasini APL tarixida bir mavsumdagi eng ko‘p to‘p kirititgan jamoaga aylantirdi. "Shaharliklar" naq 106 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Shu paytgacha Angliya chempionati doirasidagi hech bir jamoa bir mavsumda buncha gol kiritishni uddasidan chiqmagan.

Bir mavsumda eng ko‘p g‘alabani qo‘lga kiritish

Gvardiola jamoasi 2017/18 yilgi mavsum davomida 32 marta raqiblarini "tanobini tortib qo‘ygan". Qiziq tomoni, 2019/20 yilgi mavsumda ham "Manchester Siti" yana shuncha g‘alabani qo‘lga kiritdi, ammo bu safar chempion bo‘lish nasib qilmadi.

O‘z uyida g‘alaba qozonish

“Shaharliklar" har yili chempion bo‘lmasa-da, har yili qandaydir rekordlarni takrorlaydi yoki yangilaydi. 2018/19 yilgi mavsumda jamoa o‘z uyida g‘alaba qozonish bo‘yicha, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" rekordini takrorlashni uddaladi. O‘sha mavsumda "Manchester Siti" "Etihad stadium"da 18 marta g‘alaba qozonishga erishgan.

Safarda g‘alaba qozonish

"Manchester Siti" nafaqat o‘z uyida, balki safar uchrashuvlarida g‘alaba qozonish bo‘yicha ham APL rekordchisi hisoblanadi. 2017/18 yilgi mavsumda Pep shogirdlari 16 marta raqib stadionidan 3 ochko bilan qaytishni uddalashgan.

Eng ko‘p mag‘lubiyatsiz ceriya

"Shaharliklar" bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham APL yetakchisi hisoblanadi. Ularni 2017-yil 26-avgustdan, shu yilning 27-dekabrigacha hech qaysi jamoa mag‘lubiyatga uchratishni uddasidan chiqolmagan. Shu vaqt oralig‘ida ular 18 marta maydonga tushishgan.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:22, 25.04.2021.
O'qildi: 3878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.