Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Siti»ning sadoqatli suyanchi...

«Siti»ning sadoqatli suyanchi...

Baho:
+ | -

Shu yilning 8 fevral sanasida «Manchester Siti»ning eng keksa va mo‘’tabar muxlisasi Vera Koen olamdan o‘tdi. Bu xonim olis 1933 yildan beri «shaharliklar»ning yaxshi-yomon kunlarida doimo hamfikr bo‘lgandi. O‘shanda 16 yoshli Vera kurrai zamindagi tarixiy o‘zgarishlar guvohiga aylangan: Germaniyada hokimiyat Adolf Gitler tasarrufiga o‘tgan, AQSH va Sobiq Ittifoq o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilgan, Buyuk Britaniya kosmosni tadqiq etish niyatini e’lon qilgandi.

Veraning stadionga ilk tashrifiga undagi qiziqish sabab bo‘ldi. U tahsil olgan maktab «Meyn Roud» yonida joylashgan bo‘lib, tribunalardagi fanatlar hayqiriqlari yaqqol eshitilib turardi. Ana shu qiziqish oxir-oqibat bir umrlik muhabbatga aylandi.

1932|1933 yillar mavsumini «Manchester Siti» 16-pog‘onada yakunladi. Lekin bir yildan ke­yin yosh muxlisasiga Angliya kubogini tortiq etdi. 1937 yilda Vera suyukli jamoasining dastlabki chempionligiga ham guvoh bo‘ldi. Tabiiyki, tarixiy zafar «shaharliklar»ning barcha muxlislariga cheksiz quvonch bag‘ishladi. O‘sha mavsumni «MYU» «qora» guruhda nihoyasiga yetkazgani g‘alaba nufuzini ikki baravarga oshirib yuborgandi.

«Manchester Siti» o‘z tarixida qo‘lga kiritgan 26 sovrindan faqat bittasi Koen xonimning guvohligidan bebahra bo‘lgan - jamoa ilk bora Angliya kubogiga sazovor bo‘lgan 1904 yilda Vera hali yorug‘ dunyoga kelmagandi. Ammo keyin u doimo «shaharliklar» bilan hamnafas bo‘ldi, 1998|1999 yillar mavsumida suyukli jamoasi uchinchi divizionda to‘p surganida ham «Meyn Roud»ni tark etmadi.

Turmush o‘rtog‘i ish tufayli rafiqasi bilan stadionga kela olmay qolgan pallalarda, Veraga uning singlisi Olga Xalon hamrohlik qilardi. Veradan 5 yoshga kichikroq bu ayol ham «Manchester Siti» muxlisasi hisoblanadi.

«Shayx Mansur kelganidan keyin bizda ajoyib o‘yinchilar paydo bo‘lishdi. Yaya Ture - doimo faqat oldinga intiladigan kuchli futbolchi, David Silva - yuksak saviya sohibi, Serxio Aguero - afsona. Ederson? Balki meni hayotdan ortda qolgan, deb o‘ylarsiz, ammo tatuirovkasi menga yoqmaydi» - «shaharliklar»ning hozirgi vakillariga Xalon xonim shunday ta’rif berdi.

2012 yilda «Siti» 44 yillik tanaffusdan keyin chempionlik shohsupasiga ko‘tarilganida ham opa-singillar stadionda edilar.

Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida uzoq kutilgan g‘alaba keltiruvchi tarixiy golni amalga oshirishi bilan Serxio Aguero «Etihad»dagi quvonchli hayqiriqlarning bosh qahramoniga aylandi. «Bu manzarani tasvirlashga so‘z boyligi kamlik qiladi. Hamma birdaniga maydonga yopirildi. Yonimda o‘tirgan baquvvat yigit meni mahkam quchoqlab, o‘pib oldi», - deya xotirlaydi Xolen xonim o‘sha tantanali oqshomni.

Vera buvining 100 yillik yubileyiga «Manchester Siti» bayram dasturxonini to‘shadi. Koen xonimga taqdim etilgan «Siti»ning 100-raqamli futbolkasini barcha futbolchilar o‘z dastxatlari bilan bezatishdi. Oradan ikki oy o‘tgach, Vensan Kompani sadoqatli muxlisalar huzuriga tashrif buyurdi. Qariyalar belgiyalik futbolchini choy va uyda tayyorlangan pishiriqlar bilan mehmon qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Vera buvi nafaqat futbol, balki shirinliklar tayyorlash bobida ham ulkan tajriba sohibasi ekan. 2001 yildan beri qandolatchilik sohasida jamg‘argan 23000 funt sterlingni Vera Koen marhuma qizi Jenifer qo‘nim topgan Manchester ibodatxonasiga ehson qildi.

«Buvijonim chindan ham tengi yo‘q afsona edilar», - deydi Koen xonimning nabirasi Devid Goldsmit. 2018 yilning sentyabr oyida butun futbol olami bunga guvoh bo‘ldi. Koen hamda Xalon xonimlar «Etihad»da «shaharliklar»ni «Fulxem»ga qarshi bellashuvga olib tushdilar. Olga buvi Fernandinyoning, Vera esa David Silvaning qo‘lini ushlab olishgandi.

«Maydonga tushish chog‘ida Davidga mening sevimli o‘yinchim ekanligini aytdim. U menga bo‘sa bilan javob qaytardi. Keyin undan so‘radim: «Bugun men uchun gol ura olasanmi?» David istagimni bajo keltirdi», - degandi keksa muxlisa. Ispaniyalik futbolchi o‘sha oqshom APLdagi 50-golini nishonladi, «Siti» esa 3:0 hisobida zafar quchdi. Kampirlar behad baxtiyor edilar.

Biroq syurpriz shu bilan adog‘iga yetib qolmadi. O‘yindan keyin Xosep Gvardiola mo‘’tabar muxlisalar bilan suhbatlashdi. Qariyalar jamoadagi samarali faoliyati uchun Pepga minnatdorchilik izhor etdilar. «Gvardiola o‘yinchilar salohiyatini to‘la-to‘kis yuzaga chiqarish vazifasini uddalay olmoqda. U - tengsiz murabbiy! Umid qilamanki, Xosep doimo biz bilan birga bo‘ladi. Axir men jamoaning o‘tmishdagi holatidan juda yaxshi xabardorman. Ilk bora stadionga kelgan paytimda, hatto tablo ham yo‘q edi - o‘yindagi hisobni oddiy maktab doskasiga yozib qo‘yishardi», - degandi Koen xonim.

Gvardiolaning «shaharliklar»ga abadiy ustoz bo‘la olmasligi tabiiy hol. Ammo hozircha o‘z vazifasini a’lo darajada ado etmoqda. Navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirish uchun uning shogirdlari yana ikki uchrashuvni o‘z foydalariga hal etishsa, bas. Afsuski, Vera buvi bu quvonchli damlarga yetib kela olmadi. Lekin singlisi Olga hamon jamoa bilan hamnafas. «Siti» yaqinda bir asrlik marrani zabt etgan qariya muxlisani ranjitib qo‘ymaslik uchun bor kuch-mahoratini ayamaydi. Vera va Olgaga o‘xshagan sadoqatli ayollar ibrati «Siti»ning tarixi yo‘q, deya jar solayotgan kaltafahm telbalarga qarshi qaqshatqich zarba bo‘lishi aniq.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 26.04.2021.
O'qildi: 2928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.