Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Zidan faoliyatidagi eng noqulay raqib — Tuxelga qarshi. Hammasi «Real» — «Chelsi» uchrashuvi haqida

Zidan faoliyatidagi eng noqulay raqib — Tuxelga qarshi. Hammasi «Real» — «Chelsi» uchrashuvi haqida

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga chiqdi. Poygada faqat to‘rt jamoa qoldi. Ulardan ikkisi bugun o‘zaro to‘qnash keladi — Madridda haqiqiy titanlar jangi bo‘lib o‘tadi.

Futbol olamida inqilob qilishga urinish barbod bo‘ldi, Superliga loyihasi bir necha kun ichida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Florentino Peres taslim bo‘lmayapti va Superligani tashkil qilish g‘oyasidan kechmayapti, bu orqali u UYEFAning asosiy dushmaniga aylandi. Biroq madridliklarni Chempionlar Ligasidan chetlatish haqidagi gaplar hozircha faqat gapligicha qolmoqda. Bu shuni anglatadiki, Yevropaning eng nufuzli musobaqasidagi «Real» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv avvaldan belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Murabbiylar to‘qnashuvi

Zinedin Zidan va Tomas Tuxel qarama-qarshiligi muxlislar orasida u qadar mashhur emas. Biroq ular bunga qadar o‘zaro to‘rt bor to‘qnash kelishga ulgurgan va ularda Tuxel fransiyalik hamkasbiga yutqazmagan. Tuxel qo‘l ostidagi «Borussiya» 2016 yilda YECHL guruh bosqichida «Real» bilan ikki bor 2:2 hisobini qayd etgan. 2019 yilda esa «PSJ» boshqaruvida 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba va 2:2 hisobidagi durangni qayd etgan. To‘rt o‘yinda 15 ta gol (bir o‘yinda o‘rtacha 3,75) qiziqarli kurashni kafolatlaydi.

Qayd etish joiz, «Chelsi» Tuxel qo‘l ostidagi birorta safar o‘yinida hali yutqazmadi. Shuningdek, Tuxel Zidan Chempionlar Ligasida mag‘lub etolmagan uch murabbiydan biri hisoblanadi.

«Real»

B guruhi avvaldanoq «o‘lim guruhi» deb atalgandi. «Real» bu guruhni birinchi o‘rinda yakunladi. Ammo bu ishni juda qiyinchilik bilan uddaladi. Guruhda qolib ketish xavfi so‘nggi turga qadar saqlanib qoldi, yakunda 10 ochko «Borussiya M», «Shaxtyor» va «Inter»ni ortda qoldirishga yetarli bo‘ldi. 1/8 finalda Madrid jamoasi «Atalanta»ni qiyinchiliksiz taslim etdi (1:0, 3:1), chorak finalda esa «Liverpul» (3:1, 0:0) dog‘da qoldirildi.

Eden Azar aynan sobiq jamoasiga qarshi o‘yin arafasida safga qaytdi. Deyarli ikki yil avval Eden Azar «Chelsi»ni jahonning eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida tark etgandi. Biroq belgiyalik futbolchining Ispaniyadagi ishlari yurishmadi. Salkam ikki mavsum davomida Eden 358 kunni jarohat bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldi. U narx va daraja borasida «Real» tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz transfer sifatida e’tirof etilmoqda.

Azarning so‘nggi jarohatini tiklashga 38 kun vaqt ketdi, nihoyat Eden «Betis»ga qarshi kechgan shanba kungi o‘yinda maydonga tushdi va 14 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt ichida Azar samarali harakatlarni amalga oshira olmagan bo‘lsa-da, muhim o‘yin oldidan o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Balki belgiyalik iqtidor egasi ushbu qarama-qarshilikdan keyin sobiq jamoasida qolib ketgan jangovarlik ruhining bir bo‘lagini qaytarib olar...

Almashtirib bo‘lmas yarim himoya triosi. Toni Kroos, Kazemiro va Luka Modrichni muammolarga ko‘milib yotgan «Real»ni ushlab turgan tayanchlarga qiyoslasa bo‘ladi. Ushbu trio nafaqat yorqin o‘yini bilan, balki o‘rinbosarlar yo‘qligi uchun ham ushbu uchrashuvda maydonga tushishi deyarli aniq. «Real»ning o‘yin uchun qaydnomasiga nazar tashlansa, bu uch futbolchidan boshqa Isko, Arribas va Blanko nomlarini uchratish mumkin. Biroq shuni unutmaslik lozim, Kroos kichik jarohat sabab madridliklarning so‘nggi uch o‘yinini o‘tkazib yuborib, endigina safga qaytdi. Biroq Marca xabariga ko‘ra, bu o‘yinda ishtirok etish uchun germaniyalik futbolchiga hech narsa xalal bermaydi.

Bunday sharoitda Federiko Valverdening qo‘shimcha kuch sifatida bo‘lishi ayni muddao bo‘lardi, biroq urugvaylik futbolchi koronavirusga chalinib qolgani bois ushbu bahsni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Lukas Vaskes, Ferlan Mendi va Serxio Ramos ham «Real»ga yordam bera olmaydi.

«Chelsi»

Londonliklar «Sevilya», «Renn», «Krasnodar» bilan bir guruhdan joy oldi va osonlikcha pley-off masalasini hal qildi. Nimchorak finalda «Chelsi» «Atletiko»ga ikkita o‘yinda javobsiz uchta gol holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. Qur’a «ko‘klar»ga yana omadli keldi va yarim final yo‘lida «Portu» taslim etildi.

Hujumchilarga boy klub aynan oldingi chiziqda muammo sezmoqda. Tomas Tuxel jamoasi avvaliga ajoyib pragmatik o‘yinlari bilan natijalar qayd etdi. Biroq so‘nggi o‘yinlarda bu pragmatizm kichik inqirozga olib keldi. «Aston Villa»ga urilgan to‘rtta goldan keyin barchasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid tug‘ilgandi, biroq «Chelsi» shundan keyingi to‘rtta o‘yinda bor-yo‘g‘i ikkita gol urdi. Jamoaning «Brayton»ga qarshi o‘yindagi «xG» (kutilgan gollar) ko‘rsatkichi 0,81 ni tashkil etgan bo‘lsa, «Vest Hem» bilan o‘yinda 2,52 ni ko‘rsatdi. Bu o‘yinlarda London klubi bor-yo‘g‘i bitta gol urdi. Biroq alohida ta’kidlash joiz, golga Timo Verner mualliflik qildi. Germaniyalik iqtidor egasining APL va «Chelsi»ga moslashish jarayoni qiynalayotgani va uzoq davom etgan quruq seriyasi — bu endi alohida mavzu.

Meyson Maunt Tuxel davrida ham asosiy o‘yinchi bo‘lib qolmoqda. Frenk Lempard «ko‘klar»ni tark etganidan keyin muxlislarni xavotirga solayotgan sanoqli jihatlar biri Mauntning kelajagi edi. Sababi «Chelsi» tarbiyalanuvchisi «Derbi Kaunti»da ijarada yurgan vaqtdayoq Lempard qo‘l ostida yorqin o‘yin namoyish qilgandi. Mutaxassis Londonga kelgandan keyin ham Maunt asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. Tomas Tuxelning kelishi futbolchining jamoadagi holatiga salbiy ta’sir o‘tkazmadi: Meyson hamon asosiy tarkibning ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. U hali «Chelsi»ning «yuragi» bo‘lishga ulgurmadi, ammo bu temp bilan yaqin orada bu darajaga yetishiga shubha yo‘q.

Ehtimoliy tarkiblar:

«Real»: Tibo Kurtua, Dani Karvaxal, Eder Militao, Rafael Varan, Nacho, Kazemiro, Luka Modrich, Toni Kroos, Marko Asensio, Vinisius Junior, Karim Benzema.

«Chelsi»: Eduard Mendi, Sesar Aspilikueta, Tiago Silva, Antonio Ryudiger, Ris Jeyms, Ben Chiluell, Ngolo Kante, Kristian Pulishich, Meyson Maunt, Kay Havers.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:00, 27.04.2021.
O'qildi: 4408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.