PSJ hujumchisi Neymar ertangi o‘yin oldidan asosiy maqsadi haqida gapirdi.
"Mening bosh maqsadim — «Oltin to‘p» emas, balki Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishdir. Bu («Oltin to‘p») birinchi bo‘lib, xayolimga keladigan narsa emas.
Ishonchim komilki, kelajakda birinchi navbatda Chempionlar Ligasida ikki-uch marotaba g‘olib chiqqanim haqida eslayman”, — deydi braziliyalik futbolchi.